Joriy yilning 16 oktabr kuni Islandiyaning UNESKO shafeligidagi Yerlarni qayta tiklash xalqaro dasturining direktori Dr. Sjöfn Vilhelmsdottir va dasturning yetakchi experti Dr. Bryndis Marteinsdottirlar Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutiga ilmiy safar bilan tashrif buyurdi.
Shu munosabat bilan Islandiyalik olimlar Botanika institutiga tashrifi davomida xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalar tuzish va amalga oshirish, seminarlar tashkil etish, shuningdek, ilmiy xodim va talabalar almashinuviga ko‘maklashish, nufuzli jurnallarda hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish haqida institut olimlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Institut yosh olimlariga Islandiyalik olimlar Dr. Sjöfn Vilhelmsdottirning “Linking knowledge to action in ecosystem restoration” va Dr. Bryndis Marteinsdottirning “Using Ecological Data to Promote Sustainable Land management” mavzusidagi ma’ruzalari taqdimoti qilindi.

Degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash va ayrim ekotizimlarni uzoq yillik monitoringini olib borish bo‘yicha olib borilayotgan loyiha va GRO LRT dasturi mavzusidagi ma’ruza qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lib, ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘la-to‘kis javob olishdi. Seminar ma’ruza yakunida Islandiyalik olimlarga Botanika instituti rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng Botanika instituti yosh olimlarini ushbu 6 oylik trening dasturga taklif qilish uchun nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi.

