O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i ilmiy xodimlari ilm-fan sohasidagi erishilayotgan yutuqlari, natijalar va so‘ngi yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazib kelmoqda. Jumladan, joriy yilning 5-oktabr kuni Toshkent davlat transport universiteti Аvtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti talabalari va mutaxassislari uchun tashkil qilingan navbatdagi ilmiy-o‘quv seminarida Dendrologiya laboratoriyasi ilmiy xodim va mutaxassislari D.А. Hamrayeva va S.S. Nosirovlar ishtirok etishdi.

 

1

2

Ilmiy-o‘quv seminarida “Toshkent shahar ko‘chalariga ekish uchun tavsiya etilayotgan manzarali o‘simliklarning introduksiyasi va biologiyasi” mavzusida аvtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish uchun ko‘chatxonalar barpo etish, o‘simliklarni ekishni to‘g‘ri tashkil etish, foydalanish, zamonaviy usullardan foydalangan holda yetishtirish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ularning afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi va O‘zbekistonda o‘simliklarni introduksiya qilish uchun ustuvor vazifalar sanab o‘tildi.

 

3

4

Toshkent davlat transport universiteti Аvtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti dekani A.X. O‘roqov, Аvtomobil yo‘llarini qurish va ekspulatatsiya qilish kafedra mudiri A.I. Xoliqov va qishloq xojaligi fanlari falsafa doktori, dotsent F.B. Ubaydullayevlar Toshkent Botanika bog‘i ilmiy xodimlariga minnatdorchilik bildirib, o‘simliklarni introduksiya qilishda o‘simliklarni biologik xususiyatlarini o‘rganish va yo‘l yoqalariga ekish ishlarini to‘g‘ri amalga oshirish juda muhimligini ta’kidladi.