O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Oʻzbekiston florasi laboratoriyasi ilmiy xodimlari akademik K.Sh. Tojibayev rahbarligida joriy yilning 11-mart kuni Farg‘ona davlat universiteti Botanika, biotexnologiya va ekologiya kafedrasi oʻrtasida botanik ilmiy-amaliy tadqiqotlar sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida “Botanikaning hozirgi zamon muammolari va innovatsion tadqiqot usullari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etishdi.
Seminarda “Kamyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik turlarini IUCN mezonlari asosida baholash”, “Zamonaviy metodlar yordamida o‘simliklar biogeografiyasi va kelib chiqish markazlarini aniqlash (Eremurus turkumi misolida)”, “Tog‘larning shakllanishi va iqlim o‘zgarishlarning o‘simliklar diversifikatsiyasiga ta’siri (Hedysarum turkumi misolida)”, “Geoaxborot tizimida turlarning tarqalishini aks ettiruvchi xaritalar yaratish” mavzularida ma’ruzalar qilindi.
Ma’ruzalar davomida O‘zbekistonda botanika sohasida qo‘llanilayotgan eng zamonaviy taqdiqot usullari va ularning natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Akademik K.Sh. Tojibayevning “Botanikaning hozirgi zamon muammolari va innovatsion tadqiqot usullari” mavzusidagi ma’ruzasi.

Farg‘ona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari.

PhD D.I. Maxmudjanovning “Zamonaviy metodlar yordamida o‘simliklar biogeografiyasi va kelib chiqish markazlarini aniqlash (Eremurus turkumi misolida)” nomli ma’ruzasi talabalar qiziqishini yanada oshirdi.

Kichik ilmiy xodim F.I. Akbarovning “Geoaxborot tizimida turlarning tarqalishini aks ettiruvchi xaritalar yaratish” mavzusidagi ma’ruzasi savol-javobga boy bo‘ldi.
Shuningdek, seminarda kichik ilmiy xodim S.O. Po‘latov hamda PhD. I.J.Jo‘ramurodovlar ham o‘zlarining qiziqarli ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Seminar ishtirokchilari

