Botanika instituti xodimlari bugun Xitoy, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Eron, Isroil, Polsha, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mongoliya davlatlaridan tashrif buyurgan taniqli olimlarni kutib olishmoqda. Ushbu olimlar “Pan-uchinchi qutb mintaqasidagi o‘simliklarning xilma-xilligini saqlash bo‘yicha tadqiqotlarning ikkinchi xalqaro simpozium”da ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurishgan. Simpozium davomida o‘simliklarning xilma-xilligini saqlash masalalari bo‘yicha ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Simpoziumning asosiy ma’ruza va muhokamalari 5-6 sentabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozirda esa, tashrif buyurgan olimlar Botanika instituti ilmiy xodimlari bilan tor doiradagi ilmiy ishlar muhokamasida ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashishmoqda. Bu muhokamalar davomida kelgusidagi ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari ham belgilab olinmoqda

1

Simpozium dasturi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: