2025-yil 11-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti qoshidagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi vakillari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Botanika instituti direktori akademik K.Sh. Tojibayev kirish so‘zi bilan ishtirok etdi. U o‘z nutqida ilm-fan va innovatsiyalarni himoya qilish, intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatga olish hamda tijoratlashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Davra suhbatining asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan ma’ruzalar bilan davom etdi.

 

2

Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i Abdukadirov I.T. intellektual mulkning ilmiy-innovatsion faoliyatdagi ahamiyati va uning huquqiy muhofazasi haqida so‘z yuritdi.

 

3

“Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari” bo‘limi yetakchi maslahatchisi O‘rmonaliyev B.Q. intellektual mulk obektlarini patentlash tartibi va huquqiy asoslarini yoritib berdi.

 

4

“Mualliflik huquqi obektlarini deponentlash hamda EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari” bo‘limi bosh maslahatchisi Kadirova B.M. mualliflik huquqlarini himoya qilish va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari bo‘yicha fikr bildirdi.

 

5

“Intellektual mulk obektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi bosh maslahatchisi Qaramanov S.Sh. ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va innovatsion loyihalarni bozorda joriy etish usullari haqida ma’ruza qildi.

 

6

Davra suhbati davomida ilmiy xodimlar va mutaxassislar intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha o‘z fikrlarini almashdilar, amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar va qiziqarli savollarga javob oldilar.