Xizmat safari uchun quyidagi maqsadlar belgilandi:

  1. Navoiy viloyati Nurota tumani hududidagi tajriba-sanoat plantatsiyalarida ekilgan Ferula L. turlarining joylashuvi, tabiiy sharoiti (iqlim,) hamda umumiy ekologik xususiyatlarini aniqlash.
  2. Tadqiqot hududida tuproqning agrokimyoviy ko‘rsatkichlari, namlik, harorat va boshqa muhim ekologik parametrlarni aniqlash hamda ularning Ferula L. turlariga ta’sirini baholash.
  3. Jizzax viloyatida tarqalgan Ferula L. turlarining o‘sish bosqichlari, rivojlanish ritmi, fenologik fazalari, nihollarning yashovchanlik ko‘rsatkichlari, populyatsiya zichligi, individlar soni hamda yosh tarkibini o‘rganish va olingan natijalarni GIS hamda statistik usullar yordamida tahlil qilish.

FL-9524115063-sonli fundamental loyiha doirasida olib borilgan dala tadqiqotlari natijasi:

Tadqiqot davomida Navoiy viloyati Nurota tumani hududidagi tajriba-sanoat plantatsiyalarida ekilgan Ferula L. turlarining joylashuvi, tarqalishi hamda hududning umumiy tabiiy-ekologik sharoiti o‘rganildi. Tadqiqot maydonlarining geografik joylashuvi aniqlanib, hududning iqlim xususiyatlari, rel’efi va o‘simlik qoplami bo‘yicha dala kuzatuvlari amalga oshirildi. Plantatsiyalarda uchraydigan Ferula L. turlarining ekologik holati va tashqi muhit omillariga moslashuv xususiyatlari bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar yig‘ildi.

Shuningdek, tadqiqot hududida namlik, harorat va boshqa muhim ekologik parametrlar bo‘yicha dala kuzatuvlari olib borildi. Hududning ekologik sharoiti baholanib, ushbu omillarning Ferula L. turlarining o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri kuzatildi. Olingan ekologik ma’lumotlar keyingi ilmiy tahlillar uchun qayd etildi.

Bundan tashqari, Jizzax viloyatida tarqalgan Ferula L. turlarining biologik va populyatsion xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida o‘simliklarning o‘sish bosqichlari, rivojlanish ritmi, fenologik fazalari hamda nihollarning yashovchanlik ko‘rsatkichlari monitoring qilindi. Shu bilan birga, populyatsiya zichligi, individlar soni va yosh tarkibi bo‘yicha dala ma’lumotlari yig‘ildi hamda ularni GIS texnologiyalari va statistik usullar yordamida tahlil qilish uchun zarur ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.

Tadqiqot natijalari fundamental loyiha doirasida olib borilayotgan ilmiy ishlarni davom ettirish, Ferula L. turlarining ekologik va biologik xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish hamda ularni muhofaza qilish va plantatsiya sharoitida samarali yetishtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

2

3