O‘zbekiston florasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi B.Q. Karimov FL-9524115063-sonli “Respublikaning dorivor o‘simliklari resurs salohiyatini bioiqlim va geofazoviy tahlili, moslashish va tarqalish qonuniyatlari (Ferula L. turkumi misolida)” nomli fundamental loyihasida belgilangan ishlarni bajarish uchun 2026-yil 04-15-iyun kunlari Jizzax, Samarqand va Toshkent viloyatlarida xizmat safarida bo‘ldi.
Xizmat safari uchun quyidagi maqsadlar va ish rejalari belgilandi:
Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlari hududida tarqalgan Ferula L. turlarining qaynoq nuqtalari aniqlash va urug‘ mahsuldorli yuqori bo’lgan hududlar uchun tahlilar olib borish, o‘simlik turlarining yuqori sifatli fotosuratlarini yig‘ish

Loyiha doirasida olib borilgan dala tadqiqotlari natijasi:
Dala tadqiqotlari davomida F.samarkandica Korovin, F.kuhistanica Korovin, F. diversivittata Regel & Schmalh., F. sumbul (Kauffm.) Hook.f. va F. helenae Rakhm. & Melibaev turlarining gerbariy namunalari va fotosuratlari to’plandi, urug‘lari yig‘ildi.
Ushbu material O‘zbekiston florasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi B.Q. Karimov tomonidan tayyorlandi.

