Botanika institutining №4/2026-sonli xo‘jalik shartnomasida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek, №23/2026-sonli xo‘jalik shartnomasiga muvofiq Surxondaryo viloyati Uzun tumani hududida 10,0 (o‘n) gektar maydonda tashkil etilgan tojik kovragi (Ferula tadshikorum Pimenov) plantatsiyasida turning hozirgi holatini baholash, yosh tarkibi va hosildorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda olingan natijalar asosida tegishli xulosa taqdim etish kabi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan dala tadqiqotlari amalga oshirildi.
Joriy yilning 12–18-iyun kunlari Botanika instituti “O‘simliklar tabiiy resurslari kadastri va populatsion biologiyasi” laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi A.L. Allamurotov tomonidan Surxondaryo viloyatiga xizmat safari uyushtirilib, rejalashtirilgan dala tadqiqotlari to‘liq amalga oshirildi.
Surxondaryo viloyatida Bobotog‘, Surxon-Sherobod va Boysun botanik geografik rayonlarida tarqalgan dorivor o‘simlik turlari (Ajuga turkestanica (Regel) Briq., Peganum harmala L., Hypericum scabrum L., Inula grandis Schrenk, Phragmites australis (Cav.) Trin. ex Steud.) ning biologik, ekspluatatsion va yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajmlari va zahira qiymatiga ega maydonlari hajmi hamda maydonlar GPS koordinatalarini aniqlandi.

Ajuga turkestanica turining yer ustki biomassasini o‘lchash.

Peganum harmala L. turining tabiiy populyatsiyasi

Hypericum scabrum L. turining tabiiy o‘sish maydoni.

Phragmites australis (Cav.) Trin. ex Steud. qamishzorlarining umumiy ko‘rinishi.

Inula grandis turining yer ostki biomassasini o‘lchash
Surxondaryo viloyati Uzun tumani hududida tojik kovragi (Ferula tadshikorum Pimenov) turining 10,0 (o‘n) gektay yer maydonida tashkil etilgan plantatsiyadagi tojik kovragining bugungi kundagi holati (yosh ko‘rsatgichlari) va hosildorlik ko‘rsatgichlarini aniqlandi. Turining tabiiy xomashyo zahiralarini aniqlash, yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajmlari va maydonlar GPS koordinatalari qayd etildi. Har bir sanoq maydonidagi individlarning soni va yosh ko‘rsatkichlari, ulardagi hosildorlik ko‘rsatkichlari miqdori umumqabul qilingan tadqiqot metodlari asosida dala kundaligiga qayd etildi.

Tojik kovragi (Ferula tadshikorum Pimenov) plantatsiyasida individlarni hisobga olish va o‘lchash ishlari.

Tojik kovragi plantatsiyasida hosildorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash jarayoni.

Tojik kovragi ildiz bo‘g‘zi diametrini o‘lchash.

Tojik kovragi individining yer ostki qismini o‘rganish va yosh holatini baholash.

