Turkison tog’ tizmasida amalga oshirilgan dala tadqiqotlarining yo’nalishini ko’rsatuvchi xarita (gerbariy yig’ilgan hududlar qizil nuqtalar bilan belgilangan)

Molekulyar filogeneya va biogeografiya laboratoriyasi ilmiy xodimlarining MRB-AN-2019-30-sonli “DNK shtrix kodlash texnologiyasidan foydalangan holda Belarus va O’zbekistondagi kamyob yo’qolib borayotgan o’simliklarni genetik inventarizatsiyasi” loyihasida  belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun Turkiston va Nurota tizmalarida amalga oshirilgan ilmiy ekspeditsiya.

Fanlar akademiyasi, Botanika Instituti Molekulyar filogeneya va biogeografiya laboratoriyasi Ilmiy xodimlari Ortiqov Elyor, Jo’ramurodov Inom, Po’latov Sardor, Turdiyev Doston va Maxmudjanov Dilmurod  2020 yil 05-14 iyun kunlari Jizzax viloyati, Zomin va Baxmal tumanlari hududidagi Turkiston to’g’ tizmalarida joylashgan Zomin milliy bog’i, Zomin davlat qoriqxonasi, Kattashirsoy, Qashqasoy, Guralashsoy va Kulsu soylari, Forish tumani Nurota tog’larida joylashgan Hoyatsoy hududiga ilmiy ekspeditsiya uyushtirishdi. Tadqiqot davomida TASH bazasi uchun 700 ga yaqin gerbariy na’munalari tayyorlandi va har bir na’munadan molekulyar tadqiqotlar uchun DNK materiallari olindi.2

Turkiston to’g’ tizmasi (Qashqasuvning yuqori qismi)

3

Tulipa dasystemon (Regel) Regel

4

Hedysarum plumosum Boiss. et Hausskn.

5

Nurota to’g’ tizmasi

6

Nurota tizmasida amalga oshirilgan dala tadqiqotlarining yo’nalishini ko’rsatuvchi xarita (gerbariy yig’ilgan hududlar qizil nuqtalar bilan belgilangan).

7

Dracocephalum nuratavicum Adylov

8

Salvia submutica Botsch. & Vved.

9

Laboratoriya xodimi Jo’ramurodov Inom.

10

Ekspeditsiya a’zolari (chapdan o’nga): Maxmudjanov Dilmurod, Ortiqov Elyor, Po’latov Sardor.

Mazkur material Molekulyar filogeneya va biogeografiya
laboratoriyasi ilmiy xodimlari томонидан тайёрланди