Joriy 2020 yilning 4-iyundan – 10 iyungacha PZ-20170921183 sonli “Shimoliy Turkiston botаnik-geogrаfik rаyoni dorivor oʼsimliklаrining zаng zаmburugʼlаri vа ulаrning tаrqаlish xаritаsini tuzish” amaliy loyiha rejasida belgilangan maqsad va vazifalarni bajarish uchun Jizzah viloyati Zomin tumaniga ilmiy safar uyushtirdik. Ilmiy safarimiz davomida Zomin milliy tabiat bo’gining O’riklisoy, Sufa, Sherbuloq qismlaridan va Zomin o’mon xo’jaligining Usmonlisoy xududlaridan gerbariy namunalari yig’ildi. Tadqiqot davomida TASM bazasi uchun 200 dan ortiq gerbariy na’munalari tayyorlandi.

1

Juniperus seravschanica Kom. o’simligidagi – Phellinus punctatus

Bu zamburug’ turini Zomin milliy tabiat bog’i hududidagi archalarda keng tarqalganligi aniqlangan. Ushbu zamburug’ archalarning tanasida ichki chirishni keltirib chiqarib, keyinchalik esa ularni nobud bo’lishiga olib kelgan.

Bundan tashqari dorivor o’simlik turlarida zang, unshudring va boshq. zamburug` kasalliklari qayd etildi.

2

Ferula sp o’simligidagi – Puccinia libani 

3

Phlomoides kaufmanniana (regel) adylov – Erysiphe labiatarum f. eremostachydis

4

Juglans regia L. da – Inonotus hispidus

Ushbu zamburug’ turi Zomin o’rmon xo’jaligi xududidagi yong’oqlarda keng tarqalganligi qayd etildi.

5

Berberis vulgaris L. o’simligidagi Puccinia graminis

Zomin milliy tabiat bog’ining Sherbuloq qismidagi zirk o’simligida qolgan qismlardagi vakillariga nisbatan Puccinia graminis bilan juda kuchli zararlanganligi aniqlandi.

6

Istemolbop va dorivor zamburug’ – Calvatia gigantea

Calvatia gigantea ulkan zamburug’lar qatoriga kiradi. Yosh zamburug’ istemol uchun yaroqli hisoblanadi. O’zbekistonda bu turkumga mansub faqat shu tur o’sadi.

7

Ish jarayonlaridan foto lavhalar

Ushbu material Mikologiya va algologiya laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlandi.