Pskom tizmasi Aksarsoy darasi

Molekulyar filogeneya va biogeografiya laboratoriyasi ilmiy xodimlarining MRB-AN-2019-30-sonli “DNK shtrix kodlash texnologiyasidan foydalangan holda Belarus va O’zbekistondagi kamyob yo’qolib borayotgan o’simliklarni genetik inventarizatsiyasi” loyihasida  belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 2020 yil 18.06 – 21.06 kunlari Toshkent viloyati Bo’stonliq tumaniga amalga oshirilgan ilmiy ekspeditsiya amalga oshirildi.

Ekspeditsiya a’zolari: Dehqonov D.B., Ortiqov E.A., Turdiev D.E. Jo’ramurodov I.J.

1

Toshkent viloyati Bo’stonliq tumaniga amalga oshirilgan ilmiy ekspeditsiya xaritasi (gerbariy yig’ilgan hududlar qizil nuqtalar bilan belgilangan).

Ekspeditsiya davomida erishilgan yutuqlar:

Ekspeditsiya davomida Allium severtzovioides R.M. Fritsch, Rubia laevissima Tscherneva, Hedysarum drobovii Korotk., Salvia korolkowii Regel & Schmalh., Allochrusa gypsophiloides (Regel) Schischk., Eremurus lactiforus O. Fedtsch. kabi endem hamda O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan o’simliklar va umumiy 190 dona gerbariy namunalari, 1,1 GB hajmdagi foto suratlar, Molekulyar tahlil uchun 190 dona DNK namunalari hamda o’sish koordinatalari aniqlandi.

3

Hedysarum drobovii Korotk.

4

Rubia laevissima Tscherneva

Mazkur material Molekulyar filogeneya va biogeografiya
laboratoriyasi ilmiy xodimlari томонидан тайёрланди