2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasi, Botanika institutida “Yosh olimlar uchun akademik maslahati” nomli haftalik ilmiy suhbat tashkil etilgan.

     Bundan maqsad yosh olimlarning olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari davomida paydo bo’layotgan savollariga ilmiy munozaralar orqali javoblar topish va akademik Komiljon Tojibaevdan tadqiqotlar sifatini oshirish uchun tegishli maslahatlar olishdir.

   Xitoy Xalq Respublikasining Xitoy Fanlar akademiyasi, Kunming Botanika instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Molekulyar  filogeniya va biogeografiya” laboratoriyasining 8-may kuni navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

    Yig’ilishda akademik Komiljon Tojibaev, laboratoriya ilmiy xodimlari: Yusupov Ziyoviddin, Maxmudjanov Dilmurod, Juramuradov Inom, Ortiqov Elyor, Munavvarov Abduhalim hamda O’zbekiston Milliy Universiteti 1-kurs magistranti Asatulloyev Temur, Zoom online platformasi orqali Andijon davlat universiteti 1-kurs magistranti Ibaydullaev Farruxbek, Farg’ona Davlat Universiteti 4-kurs talabasi Ergashov Ibrohim va Botanika institutining boshqa yosh olimlari ishtirok etdilar.

1

Yig’ilish avvalida “Botanika” sohasiga katta qiziqish bildirayotgan magistrantlar – Asatulloyev Temur va Ibaydullaev Farruxbek bilan tadqiqot yo’nalishlari va ilmiy faoliyatlari haqida suhbat bo’lib o’tdi.

     So’ngra, Yusupov Ziyoviddin – “Allium pseudopskemense sp.nova”, Maxmudjanov Dilmurod – “Insights into phylogeny, age and evolution of Eremurus (Asphodelaceae) based on the whole plastome sequences”, Juramuradov Inom – “Hedysarum uzbekistanicum: A new species of Hedysarum from Pamir-Alay (Babatag ridge)”, Ortiqov Elyor-“Phylogeny of Iris subg. Scorpiris”, Munavvarov Abduhalim-“Molecular phylogeny of the genus Allium” va Ergashov Ibrohim “Macromorphological and micromorphological seed features of the genus Allium L.” nomli olib borayotgan ilmiy ishlarining haftalik natijalari tog’risida taqdimot o’tkazdilar. Har bir taqdimot so’ngida ma’ruzachi va yig’ilgan yosh olimlar o’rtasida tanqidiy ko’rinishda ilmiy munozaralar tashkil etildi. Bunda taqdiqotchining ayrim kamchiliklari va erishgan yutuqlari ko’rsatib berildi. So’ngra yosh olimlarning ilmiy tadqiqot ishini bajarish davomida yuzaga kelgan savollariga Komiljon Tojibaev tomonidan javoblar olindi. Shuningdek, Komiljon Tojibaev har bir taqdimotchiga taqdidot sifatini oshirish bo’yicha qilinishi kerak bo’lgan ishlarni sanab o’tdi va o’zining maslahatlarini berdi.

      Ayniqsa, Komiljon Tojibaevning “Xorijiy tillarni mukammal o’zlashtirish juda muhim! Bu esa, o’z tadqiqot sohangizga yondosh bo’lgan ilmiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi xorij olimlari bilan ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yishingiz uchun xizmat qiladi. Natijada, o’zingizni va ilmiy tadqiqotingiz saviyasini yanada oshishiga, hamda institutimiz rivojiga munosib hissa qo’sha olishga erishasiz!” degan fikrlari bo’lajak hamda institut yosh olimlari uchun alohida ahamiyat kasb etdi.

       Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ilmiy suhbat juda qizg’in va samarali bo’lib o’tdi.

2

      “Molekulyar filogeniya va biogeografiya” laboratoriyasi yosh olimlari tomonidan akademik Komiljon Tojibaevga chuqur minnatdorchiligimizni izhor etamiz.

Ushbu material “Molekulyar filogeniya va biogeografiya”
laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlandi.