O‘z R F A Botanika instituti Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi xodimlari 2021 yil 28.05-04.06 kunlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hududiga ilmiy ekspeditsiya uyushtirdi.

1botany
Ekspeditsiya marshruti

 

Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi ходимлари томонидан Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga uyishtirilgan navbatdagi ekspeditsiya, 2021-2024 yillarga mo’ljallangan №А-ФА-2021-146 “Dorivor o’simliklarni in vitro ko’chatchiligini tashkil qilish va ko’paytirish texnologiyasini yaratish” loyixasida va budjet dasturi bo’yicha “O’zbekiston Respublikasi endem turlar DNK banki va barkodini yaratish” da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida dala tadqiqoti tashkil etildi.

Dala tadqiqoti quyidagi geografik hududlarda amalga oshirildi. Surxondaryo viloyati: Yuqori Machay, Qizilnaur, Kentala, Podan qishlog’ining yuqori qismi, Nilu, Baxcha, Chagam qishloqlari, Qashqadaryo viloyati Bo’ztepa qishlog’i Sebatlidara hududi. Tadqiqot ishlari amalga oshirilgan hududlarda loyixada belgilangan o’simliklarning (Ferula tadshikorum, Ferula sumbul, Ungernia victoris) tabiiy populyatsiyalaridan materiallar (urug’i va piyozi) yig’ildi hamda ularning tarqalgan lokal areallari va uchrash balandliklari aniqlandi.

Shu bilan birga Ozbekiston florasi uchun endem (Scutellaria fedtschenkoi, Dianthus uzbekistanicus, Cousinia rhodantha) va tadqiqot hududida tarqalgan boshqa o’simlik turlarining gerbariy hamda molekulyar taxlillar uchun DNK namunalari yig’ildi.

Ekspeditsiya a’zolari (Yuqori Machay qishlog’i)
Ekspeditsiya a’zolari (Yuqori Machay qishlog’i)
Urug’lagan Ferula tadshikorum. o’simligi (Kentala qishlog’i)
Urug’lagan Ferula tadshikorum. o’simligi (Kentala qishlog’i)

Ferula tadshikorum. o’simligining urug’i yig’ilmoqda (Yuqori Machay qishlog’i)

Ferula tadshikorum. o’simligining urug’i yig’ilmoqda (Yuqori Machay qishlog’i)

Terilgan turlarga A.Gaziev tomonidan aniqlik kiritilmoqda (Baxcha qishlog’i)
Terilgan turlarga A.Gaziev tomonidan aniqlik kiritilmoqda (Baxcha qishlog’i)
Ungernia victoris. o’simligining tabiiy populyatsiyasi o’rganildi (Sangardak qishlog’i)
Ungernia victoris. o’simligining tabiiy populyatsiyasi o’rganildi (Sangardak qishlog’i)
Urug’lagan Ferula tadshikorum. (Bo’ztepa qishlog’i yaqini Sebatlisoy hududi)
Urug’lagan Ferula tadshikorum. (Bo’ztepa qishlog’i yaqini Sebatlisoy hududi)

Mazkur material Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi
xodimlari tomonidan tayyorlandi