O’rta asrlardan to hozirgi kungacha ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan xilma-xil metodikalar va didaktik materiallar tayyorlanib o’quvchilarga yanada oson tushinish, ko’nikma, malaka va odatlarni shakllantirishda yordam berish ustida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. O’simliklarning hayotimizning ajralmas qismi ekanini bilgan holda aksariyat o’quvchilar Botanika faniga yoshligidan qiziqish uyg’otadi. Bu esa ularga yanada fan asoslarini chuqur o’rgatish, kelgusida fan yutuqlaridan foydalanish xususidagi bilimlarni oson tushuntisih va yetkazishni talab etadi.

     Fotosurat paydo bo’lishi bilan, loyihalashtirilgan slaydlar tez orada o’qitishda afzal ko’riladigan vositaga aylandi (1-rasm), lekin chizmalar botanikada haligacha muhim bo’lib qolmoqda (19-asrning mashhur nemis botanigi Yuliy Saks shogirdlariga o’z o’quvchilarini o’qitishda quyidagini jumlani ta’kidlagan: “Qaysi biri chizmagan, ko’rmagan”) [Cole et al., 2021]. Endi olimlarning o’zlari jozibali dizaynlarni yaratib, professional tayyorgarlik ishlarini boshlang’ich tayyorgarlik bilan yoki hatto o’z-o’zini o’qitish orqali amalga oshirishlari mumkin edi [Cole et al., 2021].

     O’simliklar filogenetik posterlarining formati, bir qarashda murakkab munosabatlarning aniq ko’rinishini beradigan, oilaviy daraxtlarning katta hajmli taqdimotlarini o’tkazishga imkon beradi. 2005-yilda Teodor Cole Angiospermlarning “oilaviy daraxti” ni poster formatida, shu jumladan, tegishli xususiyatlarni siqilgan shaklda ishlab chiqdi. Janubiy Afrika farmatsevtika talabalari uchun Botanika sohasi kursini o’qitish uchun tayyorladi. Gulli o’simliklar oilalari o’rtasidagi munosabatlarni aniq tizimli ko’rib chiqish kerak edi, lekin bunday katta filogenetik daraxt ham ixcham va birga olib yurish mumkin bo’ladigan o’qitish vositasi bo’lishi kerak edi. Bu birinchi poster “qog’oz nusxasi” sifatida yopishtirilgan [Cole et al., 2021].

     O’simliklar filogenetik posterlari (O’FP) loyihasi – bu ilmiy va kengroq auditoriya uchun aniq va jozibali shaklda o’simliklarning kelib chiqishining filogenetik aloqalarini tasvirlaydigan bepul va muntazam yangilanib boriladigan posterlarni o’z ichiga oladi. Bu g’oya Teodor Cole tomonidan o’simlik sistematikasini o’rgatish uchun vizual va grafik jihatdan sodda va ixcham tarzda asosiy filogenetik, morfologik, geografik va fitokimyoviy ma’lumotlarni taqdim etish niyatida ishlab chiqilgan. O’FP loyihasi uchta asosni o’z ichiga oladi: Angiospermae filogenetik poster (AFP) (hozirda 30 tilda!), Tracheophyte filogenetik poster (TFP), Bryophyte filogenetik poster (BFP). Har bir poster muhim apomorfik, plesiomorfik va diagnostik xususiyatlarni sanab o’tadigan tartib/oila/turkumlar darajasida ma’lum bir guruh haqida umumiy ma’lumot beradi. AFP o’simlik sistematikasini o’qitishning tan olingan barqaror vositasiga aylandi [Cole et al., 2021].

     Butun dunyodan 110 dan ortiq botaniklar loyihaga qo’shilishdi va posterlarni o’z milliy tillariga (hozirda 32 tilda) tarjima qilishdi. Barcha plakatlar ResearchGate da mualliflar sahifalarida mavjud bo’lib va har bir posterning o’ziga xos DOI raqami bor. Tarjima qilingan matnlar, koordinator tomonidan qabul qilinganidan so’ng, shablonga o’tkaziladi va bir xil tartibda formatlanadi. Tekshiruvdan so’ng, yuqori sifatli PDF fayllar ResearchGate da raqamli obyekt identifikatorlari bilan (DOI), ba’zilari oldindan chop etish platformalarida chop etiladi va mualliflarning bosh sahifalariga yuklanadi. Nashriyot sxemasining afzalligi – so’nggi tadqiqotlarga asoslangan posterlarni muntazam yangilab turishdir. Rangli intuitiv kodlash yodlashni va o’qitishni osonlashtiradi. Loyiha turli tillardagi yangi nomlar va versiyalar bilan barqaror o’sib bormoqda.

     Bepul onlayn ta’lim manbalari sifatida posterlar o’qitishda keng qo’llaniladi va butun dunyodagi universitetlar va gerbariyadagi tadqiqot uchun ma’lumotnoma sifatida ishlatiladi.

main

Botanika sistematika bo’limini o’qitishda foydalaniladigan posterlar (Cole et al., 2021)

1

Dashzeveg Nyambayr Mo’g’uliston Milliy universitetida (Ulan-Bator) o’simliklar sistematikasi va evolutsiyasini o’rgatmoqda (Cole et al., 2021)

     2021 mart oyidan boshlab Botanika instituti yosh olimlari Orzimat Tuginov (PhD) va Obidjon Turdiboev (kichik ilmiy xodim) O’simliklar filogenetik posterlari loyihalariga qo’shilib, Yopiq urug’li o’simliklar filogeniyasi, Lamiaceae kenja oilalar, Lamiaceae filogenetik poster, Boraginaceae filogenetik poster va boshqalarni o’zbek tiliga tarjima qilishdi.

     Mazkur posterlardan oliy ta’limning barcha universitet va institutlari professor-o’qituvchilari va talabalari, shuningdek ilmiy-tadqiqqot instituti xodimlari bepul foydalanishlari mumkin (barcha posterlarni mualliflarning Researchgate profilidan yuklab olishlari mumkin):

https://www.researchgate.net/profile/Ot-Turginov/publications

https://www.researchgate.net/profile/Obidjon-Turdiboev/publications

2

https://www.researchgate.net/publication/353317303_Lamiales_Filogenetik_Poster_Uzbek

3

https://www.researchgate.net/publication/353622737_Boraginaceae_Filogenetik_Poster_Uzbek

4

https://www.researchgate.net/publication/354190446_APIACEAE_Filogenetik_Poster_-_Ziradoshlar_oilasining_48_muhim_turkumlari_Uzbek

Ushbu material O’zbekiston florasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi
O.A. Turdiboev tomonidan tayyorlandi