2022 yil 19-aprel kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining “Oʼzbekiston florasi” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, b.f.n. D.M. Tajetdinova laboratoriya profili “Janubi-gʼarbiy Hisor, Hisor-Darvoz va Panj oldi okruglari florasini toʼr tizimli xaritalash (Surxondaryo viloyati)” boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetining professor-oʼqituvchilari va iqtidorli talabalariga soʼzlab berdi.

Termiz davlat universiteti Oʼquv metodik boshqarma boshligʼi, b.f.n. А.J. Ibragimov Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti va maʼruzachi b.f.n. D.M. Tajetdinova haqida qisqacha maʼlumotlar bermoqda.

Uchrashuv davomida, D.Tajetdinova laboratoriya profili “Janubi-gʼarbiy Hisor, Hisor-Darvoz va Panj oldi okruglari florasini toʼr tizimli xaritalash (Surxondaryo viloyati)”dan kelib chiqqan holda amalga oshirilayotgan ishlar boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Botanika instituti Oʼzbekiston florasi laboratoriyasini Termez davlat universiteti tadqiqotchilari bilan birgalikda olib borilayotgan ilmiy ishlar natijalari, florani oʼrganishda foydalanilayotgan zamonaviy usullar boʼyicha Koʼhitang botanik geografik rayoni misolida maʼlumotlar berdilar.

Tadbir davomida professor-oʼqituvchilar va ixtidorli talabalar oʼzlari qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar hamda oʼz fikirlarini bildirdilar.

Uchrashuvdan soʼng Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan birgalikda dala tadqiqotlari natijalari koʼrib chiqildi.

