Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari b.f.d. F.I. Karimov  Tojikistonda oʻtkazilgan Norvegiya va Yevroosiyo mamlakatlari hamkorligidagi “Kick-starting the biodiversity data publication process for Tajikistan” (ID:CESP2022-001) loyihasi doirasidagi “Tojikiston GBIF boʻgʻini uchun GBIF ma’lumotlarini yigʻish va nashr qilish” kursida qatnashish uchun 2022 yil 24-28 sentabr kunlari Tojikiston Fanlar akademiyasi Botanika, oʻsimliklar fiziologiyasi va genetika intitutiga (Dushanbe shahri) xizmat safariga bordi.

1

Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad – biologik xilma-xillik ma’lumotlarini boshqarish boʻyicha tajriba almashish va bu borada koʻnikmalarni oshirishdan iborat.

Tadbirda ekologiya, botanika va bioxilma-xillikni asrash sohasidagi soʻnggi yutuq va materiallar bilan tanishish, tajriba almashish maqsadida olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlar, yosh mutaxassislar qatnashishdi.

 

3 2

Seminarda F.I. Karimov tomonidan O‘zbekistondagi (Botanika institutidagi) bioxilma-xillik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron shaklga o‘tkazish va xalqaro ma’lumotlar bazasiga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’ruza bilan ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashildi.

 

4

“Kick-starting the biodiversity data publication process for Tajikistan” loyihasi doirasida oʻtkazilgan seminar ishtirokchilari