Termiz davlat univeristetida tashkil etilgan “Biologiyada zamonaviy tadqiqotlar: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada biologiya fani bo’yicha dunyoning 10 ga yaqin davlatlarining professor – o’qituvchilari, ilmiy tadqiqot institutlarining хodimlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining O’zbekiston florasi laboratoriyasi ilmiy xodimlari PhD, katta ilmiy xodim O.T. Turginov, kichik ilmiy xodimlar – S.O. Po’latov, F.I. Akbarov, I.J. Jo’ramurodov, A.M.Jabborov va O.A.Turdiboyevlar ham o’z ma’ruzalari bilan faol qatnashishdi.
Konferensiya jarayonidan lavhalar:
O.T. Turginov konfrensiyaning asosiy plenumida “Surxondaryo viloyati florasining endemlari” mavzusida ma’ruza qildi.

I.J. Jo’ramurodov: Hedysarum turkumining O’rta Osiyoda tarqalishida Tibet platosining ko’tarilishi muhim ahamiyatga ega.

Botanika instituti xodimlarining ma’ruzalari haqida Tеrmiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Botanika kafedrasi dotsenti, b.f.n., Rashida Muhammadjanova o’zining ijobiy fikrlarini bildirdi.

