Samarqand davlat univeristetida АQSh ning Yuta hamda Nevada, Reno universitetlari, Islandiyaning inqirozga uchragan hududlarni qayta tiklash dasturi, Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi – IKАRDА bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Markaziy Osiyo yaylovlari: global muammolar va global imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori prof. X.F. Shomurodov o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Professor X.F. Shomurodov ma’ruzasida Ustyurt yaylovlari yem-xashak o‘simliklari, Qoraqalpog‘iston Ustyurtining kamyob o‘simlik jamoalari, kamyob turlar senopopulyatsiyalarining ontogenetik strukturalari asosida populyatsiyalarining zamonaviy holatini baholash, Qoraqalpog‘iston Ustyurti yaylovlarining zamonaviy tasnifi va tadqiqot hududi yaylovlarining kadastri haqida batafsil ma’lumot berdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida yaylovlarni boshqarishni xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish, ushbu sohadagi xorijiy va mahalliy olimlar hamda professional mutaxassislar o‘rtasida bilim va tajribalarni almashish, ayni paytda, dolzarb vazifalarimiz ekanligi ta’kidlandi.

 

2

Professor X.F. Shomurodovning “Qorаqаlpogʼiston Respublikаsi yaylovlarining zamonaviy holatini baholash va kadastrini tuzish“ mavzusida ma’ruzasi.

 

Yaylovshunoslik ilm-fanining hozirgi holati va uning yangi yo‘nalishlari, yaylovlarni boshqarishdagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolar, yaylovga asoslangan chorvachilik va uni rivojlantirish istiqbollari, yaylov ekologiyasi: o‘simlik, tuproq va hayvonot olami muhofazasi, yaylovlardan foydalanishda taʼlim va amaliyot sho’balari bo’yicha davom etgan ma’ruzalarda yirik geobotanik, ekolog olima professor T. Raximova shu masalalar yuzasidan taqdimot qildi.

 

3

Prof. T. Raximovaning “Orol dengizining qurigan sahnida o‘simlik qoplamining hozirgi holati” mavzusidagi ma’ruzasi.

 

4

“Orol dengizining qurigan sahnida o‘simlik qoplamining hozirgi holati” mavzusidagi ma’ruza professor- o‘qituvchilar va talabalarda tadqiqot hududining o‘simliklar qoplami haqidagi ilmiy taassurotlarini boyitdi.

 

5

6

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov Botanika instituti professori T. Rahimovaga Samarqand davlat universiteti faxriy professori unvonini topshirdi.

 

7

O‘zR FA Botanika instituti professori T. Rahimovaning “Faxriy professor” diplomi