Joriy yilning 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti O‘zbekiston florasi laboratoriyasining navbatdagi turkum seminari Samarqand davlat universitetida tashkil qilindi.

Seminar avvalida, Samarqand davlat universiteti Biologiya fakulteti dekani X.O. Keldiyorov so‘zga chiqib, bu kabi seminarlar orqali Fanlar akademiyasi va Samarqand davlat universiteti o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanishini ta’kidladi hamda bugungi seminarni tashkil qilishda Botanika instituti tashabus ko‘rsatganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Biologiya fakulteti dekani X.O. Keldiyorov Botanika instituti tomonidan nashr qilingan kitoblarni professor-o‘qituvchilar dars jarayonida asosiy adabiyot sifatida foydalanishlarini ta’kidladi.

Botanika institutining O‘zbekiston florasi laboratoriyasi mudiri akademik K.Sh. Tojibayev “BIGDATA davrida floristik tadqiqotlar: O‘zbekistondagi holatga ta’siri” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, akad. K.Sh. Tojibayev o‘z ma’ruzasi davomida O‘zbekistonda Botanika fanining rivojlanishi uchun ustuvor vazifalarni sanab o‘tdi hamda bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun tadqiqot mavzulari bo‘yicha tavsiyalar berdi.

 

2

K.Sh. Tojibayev: “Keng ko‘lamli tadqiqotlarni amalga oshirishda Oliy ta’lim muassasalaridagi Tabiiy fanlar fakulteti talabalarining ishtiroki juda muhim!”

 

 

3

S. Po‘latov: “O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan turlar navbatdagi nashrda IUCN me’zonlari asosida baholanadi”

Shuningdek, seminarda kichik ilmiy xodimlar F.Akbarov, S. Po‘latov, I.Jo‘ramirodov va D. Maxmudjanovlar ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Ma’ruzalar davomida O‘zbekistonda Botanika sohasida qo‘llanilayotgan eng zamonaviy taqdiqot usullari va ularning natijalari to‘g’risida ma’lumotlar berildi.

Seminar so‘ngida Botanika instituti tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida so‘ngi yillarda chop etilgan 37 turdagi monografiya va o‘quv qo‘llanmalarning jami 220 ga yaqin nusxasi Samarqand davlat universiteti Biologiya fakultetining Botanika kafedrasiga institut jamoasi nomidan sovg’a qilindi.