O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida 2022 yilda chop etilgan adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Botanika instituti xodimlari tomonidan yaratilgan xorijiy va mahalliy nashriyotlarda chop etilgan monografiyalar, jurnal, atlas, darslik va o‘quv qo‘llanmalar ham taqdim etildi.
2022 yil davomida ham institut ilmiy xodimlari soniga nisbatan ilmiy nashrlar bo‘yicha yuqori samaradorlikka erishdi: 7 ta xorijiy va mahalliy nashrlarda chop etilgan monografiyalar, 181 ta (90 tasi xorijiy nashrlarda) ilmiy maqola, 166 ta tezis (50 tasi xalqaro miqyosidagi anjumanlarda), 6 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 2 ta ilmiy ishlanma, 4 ta dasturiy mahsulotlar uchun guvohnoma, 2 ta patent va boshqa nashrlar. Tayyorlangan ilmiy adabiyotlar, maqola va ishlanmalar institutda bajarilayotgan davlat dasturi doirasidagi, shuningdek, fundamental (2 ta), amaliy (4 ta), xalqaro (2 ta) loyihalarning natijalari hisoblanadi.

Botanika instituti xodimlari tomonidan 2022 yilda chop etilgan adabiyotlar

Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari b.f.d. F.I. Karimov Botanika institutidagi 2022 yildagi nashrlar, ularning o‘ziga xosligi va 2023 yilgi nashr rejalari haqida gapirdi (O‘zR FA majlislar zali).

