OʻzR FA Botanika instituti va Seul Milliy universiteti oʻrtasida 2019-yilda mikologiya va zamburugʻlar biotexnologiyasi sohalarida hamkorlikda tadqiqotlar olib borish va oʻzaro manfaatli masalalar boʻyicha qoʻshma tadbirlar, uchrashuvlar, ma’ruzalarni amalga oshirish maqsadida memorandum tuzilgan. Shu munosabat bilan 2023 yil 3-7 iyun kunlari OʻzR FA Botanika instituti Mikologiya va algologiya laboratoriyasi (b.f.n., k.i.x. Yu.Sh. Gʻafforov) va Seul Milliy universiteti Biologiya fanlari maktabi (Dr. Young Woon Lim, Dr Jae Bum Kim va Dr Kunsoo Rhee) hamda Botanika institutining boshqa ilmiy xodimlarining qiziqishlaridan kelib chiqib, xalqaro ilmiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha birinchi Oʻzbekiston va Koreya mikologik uchrashuvi va ilmiy seminar boʻlib oʻtdi.

 

1

Institut direktori K.Sh. Tojibayev bilan qisqa uchrashuv boʻlib oʻtdi

 

Ushbu uchrashuvda institut direktori K.Sh. Tojibayev tomonidan Koreyalik olimlarni iliq soʻzlar bilan qutlab, Botanika instituti va Seul Milliy universiteti orasida hamkorlikni amalga oshirish, ikki tomonlama manfaatli boʻlishini aytib, Respublikamizda zamburugʻlar olamini oʻrganish, mikologiya sohasida ilmiy xalqaro loyihalarni amalga oshirish muhim ekanligini ta’kidlab oʻtdi.

 

2

Mikologiya va algologiya laboratoriyasining katta ilmiy xodimi Yusufjon Gafforov tomonidan laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida qisqacha ma’ruzasi va Koreyalik olimlarni tanishtirish jarayoni

 

3

Dr. Young Woon Lim “Fungal EcoPhylogeny: Taxonomy, Diversity,

Interaction, and Resources” mavzusida taqdimot qildi.

 

Xalqaro seminarda Koreyalik olimlarning olib borayotgan ilmiy ishlari haqida ma’ruzalar eshitildi va tahlil qilindi: Dr. Young Woon Lim “Fungal EcoPhylogeny: Taxonomy, Diversity, Interaction, and Resources” mavzusidagi taqdimotida zamburugʻlarning ekologiyasi, tarqalishi, aloqalari va ulardan oqilona foydalanish bo’yicha muhim ma’lumotlar berib o’tdi. Shuningdek, Dr Jae Bum Kim “Adipose Tissue Remodeling and Energy Homeostasis” va Dr Kunsoo Rhee “Dysregulation of the centriole numbers in selected cancer cells” mavzularida qiziqarli ma’ruzalar qilishdi. Shundan soʻng ilmiy xodimlar oʻzlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Seul Milliy universiteti olimlari bilan yaqindan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida turli sohalarda hamkorlik qilish uchun dastlabki fikrlar almashishdi. Ayniqsa, Respublikamizda mikologiya sohasini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekistonning Gʻarbiy Tyanshan togʻida tarqalgan mikoriza hosil qiluvchi zamburugʻlarni bioxilma-xilligi, molekulyar taksonomik tarkibi va ularni ekologik xususiyatlarini oʻrganish mavzusidagi ishlarni amalga oshirish hamda Botanika instituti о‘rtasida ilmiy kadrlar almashinuvini yо‘lga qо‘yish, ilmiy ma’lumotlar almashinuvi, yangi istiqbolli qо‘shma loyihalar boʻyicha kelishib olindi. Ushbu keltirilgan hamkorliklarni moliyalashtirish uchun xalqaro fondlarni jalb etish rejalashtirildi.

 

 

4

Dr. Kunsoo Rhee ma’ruza qilmoqda.

 

5

Dr. Jae Bum Kim muhokama jarayonida

 

Ilmiy seminardan soʻng oʻzaro fikr almashinuvlari boʻldi

6

7

Seminar ishtirokchilari

 

Ilmiy uchrashuvdan soʻng, Koreyalik olimlarni Botanika institutining laboratoriyalari ilmiy faoliyati bilan tanishtirildi. Shuningdek, Toshkent mikologiya gerbariysi va Milliy gerbariy fondida saqlanayotgan gerbariylar haqida ma’lumotlar berildi. Toshkent botanika bogʻiga ekspeditsiya uyushtirildi. Oʻzbekiston xalqining madaniyati, tarixiy obidalari bilan tanishtirish maqsadida Toshkent va Samarqand shaharlariga tashrif buyurishdi.

 

9

Toshkent mikologiya gerbariysi bilan tanishuv

 

10

Mikologiya va algologiya laboratoriyasi bilan tanishuv jarayoni

11

Doʻstona suhbat jarayoni

12

Mehmonlar ishtirokida kofe break

 

 

Garbiy Tyanshan tog’iga uyushtirilgan dala ekspeditsiyasi

13

14