O‘zR FA Botanika instituti ilmiy xodimlari Nizomiy nomidagi TDPU “Biologiya”, Toshkent davlat agrar universitetining “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” yo‘nalishlari talabalari hamda professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ilmiy-o‘quv seminar o‘tkazildi. Seminarda biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Turdiboyev O.A. kichik ilmiy xodim Daminova N.E., b.f.n. katta ilmiy xodim Saribayeva Sh.U. kichik ilmiy xodim J.S. Sadinovlar hozirgi kunda Botanika institutida amalga oshirilayotgan davlat dasturi doirasidagi ilmiy tadqiqotlar, fundamental va amaliy loyihalar haqida ma’lumot berdi. O‘simliklarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy yangiliklarni fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalariga tadbiq etilishi bo‘yicha dotsent D.Boqiyev (TDPU) va S. Boboyevlar (ToshDAU) fikr bildirishdi.

Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Turdiboyev O.A. O‘simliklarni o‘rganish bo‘yicha yangi metodlar, ilmiy yangiliklar bilan tanishtirmoqda.

Kichik ilmiy xodim Daminova N.E. O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASH) fondi materiallari va ulardan foydalanish, gerbariy tayyorlash bo‘yicha talabalar bilimini oshirdi.

