Joriy yilning 2-3 iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Oʻzbekiston florasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, b.f.n. D.M. Tajetdinova Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Biologiya fakulteti hamda Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetlarida professor-oʻqituvchilar va iqtidorli talabalar oʻrtasida uchrashuvlar tashkil etib, ilmiy seminarlar oʻtkazdi.

1

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakultetidagi taqdimotlar jarayoni.

3

Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakulteti dekan oʻrinbosari, PhD Q.P.Qaypov OʻzR FA Botanika instituti bilan hamkorlik aloqalari bo‘yicha maʼlumotlar bermoqda.

 

Bu uchrashuvlarni oʻtkazishdan maqsad Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Oliy taʼlim muassasasi xotin-qizlar va iqtidorli talabalarning ilmiy dunyoqarashini yanada kengaytirish, ilmiy aloqalarni mustahkamlash, yosh xotin-qizlarni ilm-fanga yoʻnaltirish, do‘stona aloqalarni rivojlantirishdan iborat.

Maʼruzada Oʻzbekiston florasi laboratoriyasidagi Oʻzbekiston florasini toʻr tizimli (grid mapping) xaritalarini yaratish istiqbollari, jumladan, mahalliy floralarni oʻrganishda zamonaviy metodikalardan foydalanish, gerbariy (TASH, LE, MW) maʼlumotlari va dala tadqiqotlaridan olingan natijalardan Surxondaryo viloyati, jumladan, Koʻhitang botanik-geografik rayoni misolida toʻr tizimli xaritalashda hamda mazkur institut ayol qizlari ishtirokidagi Orol  dengizining qurigan tubida yangidan shakllanayotgan florani o‘rganishda olingan va kutilayotgan natijalar haqida qiziqarli maʼlumotlar aytildi. Shuningdek, natijalarning xalqaro ahamiyatga ega va respublika miqiyosidagi jurnallarda joriy etilishi haqida ham tushunchalar berildi.

 

4

Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida iqtidorli talabalar va professor oʻqituvchilar bilan uchrashuv.

 

Uchrashuvlar davomida Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, ilm-fan sohasida izlanayotgan xotin-qizlar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanib, olima ayollar tajribasini ommalashtirish borasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Botanika instituti olima ayollarining ilm-fandagi izlanishlar natijalari ham aytib oʻtildi.

 

5

Orol  dengizining qurigan tubida yangidan shakllanayotgan florani o‘rganishda Botanika instituti olimalarining olgan natijalari haqidagi taqdimot.

 

D.M. Tajetdinova, talabalarga kelajakda botanika sohasidagi yetuk mutaxassis boʻlib yetishishi uchun imkoniyatlar mavjud ekanligi haqida ham aytib oʻtib, yoshlarning ilm bilan shugʻullanishida OʻzR FA Botanika instituti Oʻzbekiston florasi laboratoriyasining imkoniyatlarini bilan, ilm bilan shugʻullanuvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlanishini ta’kidladilar. Seminarlar so‘ngida Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakultetidagi mavjud gerbariy fondida talabalarning gerbariy tayyorlash jarayoniga ham qatnashildi.

 

6

Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakultetida talabalarning loyiha boʻyicha gerbariy tayyorlash jarayoni.