O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksining 57-moddasida saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega ekanligi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori akademik K.Sh. Tojiboyev Respublikamizda 2023-yil 9-iyul kuni boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovi kunida xorijda ilmiy safarda bo‘lishi sababli muddatidan oldin ovoz berdi.
Akademik K.Sh. Tojiboyev mamlakatimizda 9-iyul kuni muhim siyosiy tadbir-prezidentlik saylovi oʻtkazilayotganini, saylovchilarga yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga munosib deb bilgan nomzodga ovoz berganini bildirdi.


