O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Ilmiy kengashining 11-sonli yig‘ilishida kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokama qilindi.

Asosiy masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Botanika instituti va Botanika bog‘i laboratoriyalarning davlat byudjeti doirasida bajarilayotgan ilmiy dasturlarining 2023 yil ishchi rejalari bo‘yicha 6 oylik natijalari muhokamasida laboratoriya mudirlari bajarilgan vazifalar yuzasidan taqdimot qilishdi.

“Dorivor o‘simliklar” laboratoriyasi mudiri Xojimatov O.K. taqdimoti

“Biotexnologiya” laboratoriyasi mudiri F.U. Mustafina ma’ruzasi

Katta ilmiy xodim M. Turg‘unov “Dendrologiya” laboratoriyasida bajarilgan vazifalar muhokamasida

Katta ilmiy xodim O.Turginov “O‘zbekiston florasi” laboratoriyasida bajarilgan ishlar haqida gapirdi

“Kamyob o‘simlik turlari kadastri va monitoringi” laboratoriyasi mudiri N.Yu. Beshko ma’ruzasi

Mikologiya va algologiya laboratoriyasi mudiri I.M.Mustafayev ma’ruzasi muhokamasi

“Geobotanika” laboratoriyasi mudiri B.A. Adilovning “Qoraqalpog‘iston Respublikasining oʻsimlik qoplami va yaylov resurslarining hozirgi holatini baholash” mavzusidagi davlat dasturi doirasida 2023 yilda bajariladigan tadqiqotlar ishlari muhokamasi

Laboratoriya mudiri O.S. Abduraimov “O‘simliklar populyatsion biologiyasi va ekologiyasi” laboratoriyasida bajarilgan ishlar yuzasidan ma’lumot beryapti.

Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi mudiri Z.O. Yusupov taqdimot muhokamasi

Institut direktori akademik K.Sh. Tojibayev barcha laboratoriyalarda rejadagi vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan o‘z fikrini bildirdi
Yig‘ilishida Ilmiy kengash a’zolari ham 2023 yilning birinchi yarim yilligida laboratoriyalarda bajarilgan vazifalar ijrosi, ikkinchi yarim yillikdagi rejalar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirishdi, xulosalar qilishdi. Laboratoriyalarning olti oy davomida yuqori ilmiy natijadorligini saqlab qolish, samarali ish faoliyatini tashkil etish uchun galdagi vazifalar ham belgilab olindi.
Shuningdek, Kengash yig‘ilishi so‘ngida dunyoning taniqli botanik olimlaridan biri bo‘lgan Harvard universiteti professori David Boufford o‘zining ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma’ruza qildi. Dunyo miqyosida flora loyihalari bilan tanilgan David Boufford Yaponiya, Xitoy, Tayvan, Koreya, Shimoliy Amerika va Nepal floralari bilan ishlagan. Olimning ilmiy qiziqishi, asosan, mo‘tadil va subtropik Osiyodagi yuksak o‘simliklarning tarqalishi va Shimoliy Amerika o‘simliklari bilan qanday bog‘liqligiga qaratilgan.

Harvard universiteti professori David Boufford

