2023 yilning 23-26 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida “Markaziy Osiyoda gerbariy namunalarini raqamlashtirish (Training Workshop on Speciman digitization in Central Asia)” bo‘yicha xalqaro o‘quv seminari bo’lib o’tdi. Unda Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog’iston, Qizg’iziston, Tojikiston Respublikalarining yetakchi professorlari va yosh olimlari ishtirok etishdi.
O’quv seminarida Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti professori, IUCN Osiyo mintaqaviy aʼzolari qoʻmitasi raisi, Xitoy Fanlar akademiyasi Bioxilma-xillik qoʻmitasi direktori oʻrinbosari va bosh kotibi Ma Keping hamda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instuti direktori prof. K.Sh. Tojibayev umumiy yig’lishda taqdimot qildilar.
O’quv seminarida O’rta Osiyo florasini o’rganishda olib borilayotgan yangi tadqiqotlar hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ikki tomonlama va qo’shni respublikalar yosh olimlari o’rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish ustida suhbatlar olib borildi.

Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti professori Ma Keping va hamkasblari suhbat jarayonida
O’quv seminaridan lavhalar






