O‘tgan 15 yillar ichida Respublikamizda mikologiya sohasidagi olib borilayotgan ilmiy ishlarning jadallashishi ayniqsa, keyingi 5 yil ichida fan uchun zamburug‘larning 40 dan ortiq turning aniqlanishi hamda olingan ilmiy ishlarni nufuzli jurnallarda chop etilishi natijasida ko‘plab xorijiy olimlarning Botanika institutining mikolog olimlari bilan hamkorlik qilish maqsadida tashrif buyurishi oshmoqda. Jumladan, Rossiya davlatidan tashrif buyurayotgan olim I.E. Pamirskii ham shular jumlasidan.
2023 yil 15 аvgust kuni O‘zR FA Botanika instituti Mikologiya va al’gologiya laboratoriyasi katta ilmiy xodimi Y.Sh. G‘afforov va Tomsk davlat universiteti “Agrobiotek” ilg‘or muhandislik maktabi ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori I.E. Pamirskii hamda boshqa Botanika instituti ilmiy hodimlarining qiziqishlaridan kelib chiqib, ikki davlatlar orasida xalqaro ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuv va ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy seminar qatnashuvchilari (chapdan o‘nga: O‘rinboyev Islomjon, Teshaboeva Shaxnoza, Abduraxmonova Gavhar, Igor Pamerskii, Yusufjon G‘afforov, Ortiqov Islom, Mavlonov Begzod, Allamuratov Akmal)

Botanika instituti katta ilmiy xodimi Y.Sh. G‘afforov seminar qatnashchilariga Rossiyadan tashrif buyurgan mehmonni bilan tanishtirdi.
Ilmiy seminarda I.E. Pamirskii “O‘simliklar va zamburug‘larning biominerallari” mavzusida ilmiy ma’ruza qildi. Shuningdek, Sibir federal agrobiotexnologiyalar ilmiy markazi RFA SB, Tomsk davlat universiteti Agrobiotec ilg‘or muhandislik maktabining ilmiy-ishlab chiqarish markazida olib borilayotgan ilmiy ishlar va yo‘nalishlar bo‘yicha ham ma’lumotlar berib o‘tdi.
Ma’ruzadan so‘ng Rossiyalik olim va uning ilmiy tashkiloti bilan yaqindan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida hamkorlikda ilmiy loyihalar uchun dastlabki fikrlar almashilindi. O‘zbekiston va Rossiya olimlarining ilmiy uchrashuvida tashkilotlar orasida memorandum bitimining tuzish, hamkorlikda foydali ishlarni amalga oshirish, hamda o‘simliklarda tarqalgan zamburug‘larni biominerlarini hamda boshqa hususiyatlarini har tomonlama o‘rganishga qaratilgan qo‘shma ilmiy ishlarni olib borish, shuningdek, talaba va ilmiy xodimlar uchun trening kurslarini tashkil etish, qisqa muddatli stajirovkaga yuborishga ko‘maklashish hamda nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish haqida kelishib olindi.

Botanika instituti k.i.x. Sadinov Jasur hamda Igor Pamerskii bilan o’zaro savol javob jarayoni.

Botanika instituti doktoranti Оrtiqov Islom hamda Igor Pamerskii bilan o‘zaro savol javob jarayoni.
Seminar so‘nggida mehmonlar ishtirokida cofe break tashkil qilindi va estalik uchun suratga tushildi hamda Rossiya Respublikasi Tomsk davlat universiteti k.i.x. I.E. Pamirskii hamda Botanika instituti ilmiy hodimlari bilan birgalikda do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi.

Do‘stona suhbat jarayoni

Mehmonlar ishtirokida cofe break
Ilmiy uchrashuvdan so‘ng, Rossiyalik olim Botanika institutiga qarashli laboratoriyalarning ilmiy faoliyati bilan tanishtirildi. Shuningdek, Toshkent mikologiya gerbariysi va Milliy gerbariy fondida saqlanayotgan gerbariylar haqida ma’lumotlar berildi. Toshkent botanika bog‘iga ekspeditsiya uyushtirildi. O‘zbekiston xalqining madaniyati, tarixiy obidalari bilan tanishtirildi.

Botanika institutining k.i.x Karimov Jaxongir Rossiyalik olimni Milliy gerbariy bilan tanishtirmoqda.

Botanika instituti doktorantlari Jamalova Dilafruz, va Aliyeva Kumushlar Rossiyalik olimni molekulyar laboratoriya va biotexnologiya laboratoriyalari bilan tanishtirishdi.

Tomsk davlat universiteti k.i.x. I.E. Pamirskii hamda Botanika instituti ilmiy xodimlari bilan esdalik uchun suratga tushishdi

