O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkilotlari o‘rtasida 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar va mutaxassislarning fan va innovatsiya sohasidagi natijalarini e’tirof etish hamda ularni rag‘batlantirish uchun o‘tkazilgan “Evrika” tanlovining “Tabiat va inson” yo’nalishida “Molekulyar filogeniya va biogeografiya” laboratoriyasi laboratoriyasi mudiri Z.O.Yusupov 1-o‘rinni egalladi. Tanlov g‘olibiga 10 million so‘m, maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur natija bilan Botanika instituti jamoasi Z.O.Yusupovni tabriklaydi.

