So’nggi yillarda O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari Botanik olimlarining ilmiy hamkorligi rivojlanib bormoqda. Ikki davlat olimlarining O’rta Osiyo xususan O‘zbekiston o’simliklar dunyosi xilma-xilligini, kamyob va endem turlarning tarqalishini tahlil qilish, floralarni o’rganishda yangi ilmiy va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishi muhim o’rin tutadi. Shu munosabat bilan 2023 yil 1-dekabr kuni Botanika institut majlislar zalida O’zR FA Botanika instituti va Turkiya Respublikasi Egey universiteti olimlari o’rtasida xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida seminar bo’lib o’tdi. Mazkur seminarda O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari Botanik olimlarining ilmiy hamkorligi: istiqboldagi rejalar keng muhokama qilindi.

Institutimiz mehmoni Turkiya Respublikasi Egey universiteti professori Serdar Gökhan Şenol “Review of Research on Plant Species Conservation in Turkey” mavzusida ma’ruza qildi

Professor Serdar Gökhan Şenol noyob ilmiy ob’ekt – Oʻzbekiston Milliy gerbariysi (TASH) kolleksiyasi bilan tanishdi

Institut laboratoriyalarida amalga oshirilayotgan tajribalar bilan qiziqdi


