O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni eʼlon qilindi. Mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, fan-texnika taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, nufuzli xorijiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, boy maʼnaviy merosimizni xalqaro miqyosda targ‘ib etish, ilg‘or innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qo‘shgan ulkan hissasi, yuksak bilimli va malakali ilmiy xodimlarni tayyorlash, yoshlarimizni buyuk allomalarimizga munosib avlod etib tarbiyalash, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh olim va tadqiqotchilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandilar. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti huzuridagi Toshkent botanika bog‘i laboratoriya mudiri, professor Xojimatov Olimjon Kaxxarovich ham “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

2

Professor Olimjon Kaxxarovichni uzoq yillik samarali mehnat faoliyati munosib baholanib “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlanligi munosabati bilan  Botanika institut jamoasi qizg’in tabriklaydi.