O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentining 2023 yil 27 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan xodimlarni taqdirlash to‘g‘risida”gi № 21-126 sonli buyrug‘iga asosan, mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan akademiklar, oliy malakali ilmiy xodimlarni tayyorlashda fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan, Fanlar akademiyasi tizimida ko‘p yillik samarali mehnat qilgan xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining 80 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi, akademik K.Sh. Tojibayevga, professor T. Raximova va professor X.F. Shomurodovlarga “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.


“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan olimlarni Botanika institut jamoasi qizg‘in tabriklaydi.

