Joriy yilning 16-mart kuni Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi Ekologiya va geografiya instituti Shinjon boʻlimi direktori professor Zhang Yanming boshchiligidagi delegatsiyasi Botanika institutiga tashrif buyurishdi.

 

1

Institutlar oʻzaro manfaatli ilmiy aloqalarni rivojlantirish hamda yangi istiqbolli loyihalarni rejalashtirish maqsadida  Orol dengizi bioxilma-xilligini tadqiq etish, Oʻrta Osiyo va Xitoy hududini qamrab olgan Tyan Shan yuksak oʻsimliklar taksonlarini oʻrganishga qaratilgan “Tyan-Shan oʻrmonlari: inventarizatsiya, asosiy transchegaraviy hududlarni aniqlash va ularni muhofaza qilishdagi dolzarb muammolar” nomli loyihani, mintaqamizdagi ayrim monokotlar (Tulipa, Allium, Eremurus), Fabaceae (Hedysarum, Astragalus), Umbelliferae (Ferula) kabi asosiy oʻsimliklar guruhlari filogeniyasi, evolyutsion tarixi va taksonomiyasi borasidagi tadqiqotlarni, bundan tashqari, bioklimatologiya va iqlim oʻzgarishining biologik xilma-xillikka ta’sirini baholash boʻyicha tadqiqotlarni hamkorlikda bajarishga kelishib olindi. Shuningdek, Xitoy-Oʻzbekiston qoʻshma laboratoriyalar va botanika bogʻlarini tashkil etishni har ikki tomon e’tirof etdi.

Xitoy fanlar akademiyasi Shinjon Ekologiya va geografiya instituti va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika Instituti oʻrtasida Memorandum imzolashga kelishib olindi.

 

3

Uchrashuv soʻngida institut direktorlari esdalik sovgʻalari almashishdi.