Xalqaro ahamiyatga ega “Yer soati” global ekologik aksiyasi Yovvoyi tabiatning umumjahon fondi (WWF) tomonidan har yili o‘tkaziladi. Ushbu aksiya birinchi marta 2007-yilda paydo boʻlgan va hozirda iqlim oʻzgarishi muammosi va tabiiy resurslarni tejashga eʼtiborni kuchaytirishga qaratilgan global harakatning bir qismidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarorining 5-bandiga muvofiq, 2024-yil 25-mart kuni respublikamizda “Yer vaqti (kuni)” nishonlanishi belgilangan. Mazkur sana munosabati bilan “Yer soati” respublika aksiyasi tashkil etildi.

Aksiya doirasida Botanika institutida ham bino va inshootlarda bir soat muddatga chiroqlar, kompyuter texnikasi, sovutish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi orqali foydalanish vositalarini tarmoqdan uzgan holda, xodimlarning bir soat muddatga  ixtiyoriy ravishda tabiatga chiqib, sayr qilishi uchun sharoit yaratildi.

Ramziy ma’noga ega bo‘lgan “Yer soati” xalqaro ekologik aksiyasi yer sayyorasiga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash kabi mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga chaqiradi.

 

2

 

3

 

Aksiyada institutning barcha xodimlarni faol ishtirok etishdi.