Yosh olimlar uchun o‘tkaziladigan ilmiy seminarlar ma’ruzachilar uchun ham, butun ilmiy jamoa uchun ham ahamiyatli bo‘lgan muhim tadbirlardan hisoblanadi. Ilmiy izlanuvchilarning fikr-mulohazalari yosh tadqiqotchilarga o‘z ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishga, potensial zaif tomonlarini aniqlashga va tadqiqotning yangi yo‘nalishlarini o‘rganishga yordam beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Yosh olimlar kengashining mart oyidagi ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi. Ilmiy seminarda 3-bosqich tayanch doktorantlar F.M. Madaminov, Z.Sh. Islomiddinov va G.T.Kurbaniyazovalar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlari doirasida ma’ruza qilishdi.

1

F.M. Madaminov: “O‘zbekiston florasidagi Parrya R.Br. turkumi turlarining taksonomiyasi, geografiyasi va ekologiyasi” mavzusida olib borilgan tadqiqotlar davomida fan uchun yangi tur topildi, Parrya turlarini taksonomik tahlili amalga oshirildi.

 

Screenshot 2024-03-27 142130

Screenshot 2024-03-27 142148

 

Z.Sh. Islomiddinov “Zomin milliy tabiat bog‘i makromitsetlari” mavzusidagi ilmiy tadqiqotlarida Zomin milliy tabiat bog‘idagi aniqlangan barcha makromitset turlari, taksonomik va geografik holatini, istiqbolli turlarni izolyatlarini ajratib olish, iste’molbop, dorivor turlarni zaharli turlardan farqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar, barcha turlarning GAT xaritalarini tayyorlash va elektron ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

 

2

Z.Sh. Islomiddinovning “Zomin milliy tabiat bog‘i makromitsetlari” mavzusidagi tadqiqotlari O‘zbekiston makromitsetlariga oid ma’lumotlarni to‘ldirish imkonini beradi.

 

3

G.T.Kurbaniyazova Janubi-G‘arbiy Pomir-Oloy florasidagi Gagea turkumi turlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini gapirdi.

 

Yosh olimlarning navbatdagi ilmiy seminari joriy 9-aprel sanasida institutning anjumanlar zalida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.