O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi PQ-4805-sonli qarorida “Global biologik xilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlar portali”ga (GBIF) belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining a’zoligini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan edi. O‘zR FA Botanika instituti GBIF tashkiloti bilan bir necha yillardan beri yaqindan ilmiy va amaliy hamkorlik qilib keladi. Mazkur hamkorlik Prezident Qarori ijrosini ta’minlash uchun zamin yaratdi va bevosita Botanika institutining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi 2020 yilda Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib GBIF ning assotsiatsiyalashgan a’zoligiga rasman qabul qilindi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bioxilma-xilligiga oid 65 mingdan ortiq tarqalish ma’lumotlari mazkur global portlda e’lon qilindi, Botanika instituti bugungi kunda ham bioxilma-xillik ma’lumotlarini GBIF tashkiloti standartlariga muvofiq rasmiylashtirilishiga va mazkur ma’lumotlarning GBIF tarmog‘ida joylashtirilishi va e’lon qilinishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda. GBIF tashkiloti mazkur tarmoqda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bioxilma-xilligiga oid ma’lumotlarning jadal joylashtirilishini dunyo bioxilmaxilligini boyitish va asrab-avaylash uchun qilingan katta amaliy ish sifatida qadrlaydi va biologik ob’ektlarning qaynoq markazlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasini tashkilotga haqiqiy a’zo (Voting Participant) sifatida qabul qilinishi to‘g‘risidagi taklif bilan chiqdi.

 

1

Natijada, O‘zbekiston 2024 yildan boshlab GBIF tashkilotining haqiqiy a’zosiga aylandi (https://www.gbif.org/country/UZ/summary). Ta’kidlash joizki, Botanika insituti mazkur a’zolik badalini o‘zining budjetdan tashqari mablag‘lari    hisobidan to‘lab kelmoqda. Ushbu tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish, O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash Strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam hisoblanadi, bundan tashqari yurtimizdagi ilmiy tadqiqot muassasalarimizning ilmiy yutuqlarini jahon faniga integratsiyasini ta’minlashni tezlashtiradi, yana bir tomondan GBIF ning ulkan ma’lumotlar bazasidan cheksiz foydalanish, qolaversa biologik xilma-xillik ob’ektlari bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini ochib beradi. Shu sababli GBIF tashkilotining haqiqiy a’zoligi rasmiylashtirilgan 2024 yil mamlakatimiz hayotida muhim voqealardan biri sifatida tarixga muhrlandi.

 

 

2

“Global biologik xilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlar portal” (GBIF) butun dunyo bo‘ylab tirik organizmlarning 2,9 milliondan ortiq kuzatuv nuqtalarini o‘zida jamlagan Yevropaning eng yirik axborot va ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Mazkur tashkilot butun dunyo, jumladan, O‘zbekistonlik soha olimlari va tadqiqotchilari uchun butun dunyo bo‘ylab tarqalgan biologik turlar bo‘yicha ma’lumotlarni bepul olish, ilmiy tadqiqotlardan rasman foydalanish, biologik turlarning turli tabiiy-geografik va iqlim hududlari bo‘yicha qayd etilgan va GBIF tarmog‘iga joylashtirilgan 500 milliondan ortiq qaydnomalardan foydalanish imkonini beradi.

Shuningdek, mazkur xalqaro portal yurtimizning bioxilma-xillikni rasmiylashtirish va saqlashga aloqador barcha tashkilotlari, ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy muassasalari va oliy o‘quv yurtlari tomonidan ma’lumotlar bilan belgilangan tartibda boyitib borilishi mumkin. Ma’lumotlarning umum e’tirof etilgan standartlarga muvofiq GBIF tarmog‘ida e’lon qilinishi biologik xilma-xillikni hujjatlashtirish, dunyo bo‘ylab keng ko‘lamli tadqiqotlarni olib borish va sayyoramizning biologik resurslarini saqlash va ulardan barqaror foydalanish uchun maqbul yechimlarni shakllantiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida 22-24 aprel kunlari Yevropaning “Global biologik xilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlar portali” (GBIF) markaziy kotibiyati, EarthCape tashkiloti, Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bir qancha institutlari olimlari hamda yurtimizning qator universitetlari tadqiqotchilari ishtirokida “Capacity Enhancement Support Programme (CESP) – CESP2023-007: GBIF in Central Asia: new aspects of development” nomli xalqaro loyiha doirasidagi seminarda hamkor tashkilotlar о‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, gerbariy namunalarini raqamli formatga o‘tkazish va ularni GBIF (https://www.gbif.org/) rasmiy saytida hujjatlashtirish, bioxilma-xillik doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda istiqboldagi yangi loyihalar muhokama qilindi.

 

 

 

3

4

Tadbir davomida GBIF tashkiloti va Botanika instituti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

 

 

 

 

5

GBIF delegatsiyasi a’zosi Michal Torma O‘zbekiston bioxilma-xillikka oid ma’lumotlarni joylashtirilishida juda faol ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 

 

6

GBIF delegatsiyasi a’zosi Rukaya Sarah Johaadien bioxilma-xillikni rasmiylashtirishga oid bilimlarini seminar qatnashchilari bilan bo‘lishmoqda.

 

 

7

Seminar so‘ngida barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.