Geobotanika laboratoriyasida bajarilayotgan “Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻsimliklar qoplami va yaylov resurslarining zamonaviy holatini baholash” mavzusidagi dasturi doirasida va shu bilan bir vaqtda, “OʻzR Qizil kitobi holatini tanqidiy baholash, Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqining (IUCN) talablariga muvofiq uning yangi nashrini tayyorlash, chop etish va yuritish” mavzusidagi 1/2024 raqamli xoʻjalik shartnomasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 30.04.2024-10.05.2024 sanalari davomida Ustyurt platosi va Sharqiy chink, Sariqamish koʻli boʻylab ilmiy ekspeditsiya tashkil etildi.

Dala tadqiqotlari davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasida tarqalgan quyrovuqzor, biyurgʻunzor, saksovulzor, juzgʻunzor, yulgʻunzor yaylovlari holati boʻyicha belgilangan aniq marshrut asosida dala tadqiqotlari olib borildi. Fitosenozga edafik va iqlim omillarining ta’sirini baholash asosida oʻsimliklar jamoasining ordinatsion tahlil uchun dala ma’lumotlarini yigʻildi, yaylovlarining bahorgi  yer ustki hosildorligi tahlil qilindi. Yaylov xillarining joylashgan joyi, ularning maydoni, bonitet toifasi, suv bilan ta’minlangani, tuproq qatlami xususiyati, loyiha boʻyicha qoplanish darajalari, oʻsimliklarning landshaft turlari, ularning joylashuvi, zichligi, zaharli va begona oʻsimliklarning mavjudligi, ozuqa massasining hosildorligi, ozuqalarning yalpi zaxirasi, degradatsiyasi, har bir yaylov xili boʻyicha oʻsimliklar turlarining moʻlligi koʻrsatilgan roʻyxati kabi birlamchi kadastr ma’lumotlari toʻplandi.

 

2

Ustyurt platosi (Qoraqalpogʻiston qismi)dagi yaylovlarning bahorgi hosildorligi

2024 yilda sezilarli oshgan.

 

 f

 

3

Gerbariy materiallarida qayd qilingan ma’lumotlar asosida “Qizil kitob” ga kiritilgan Scorzonera bungei Krasch. et Lipsch. turi populyatsiyalarining lokatsiyalarini aniqlashtirish.

 

Shuningdek, tadqiqot hududida tarqalgan Allium ravenii F.O. Khass, Shomurodov, Kadyrov, Climacoptera ptiloptera U.P. Pratov, Cynomorium songaricum Rupr., Euphorbia sclerocyathium Korovin et Rorov, Lappula parvula Nabiev et Zakirov, Lepidium subcordatum Botsch. et Vved., Malacocarpus crithmifolius (Retz.) C.A. Mey., Salsola chiwensis Popov, Scorzonera bungei Krasch. et Lipsch. turlari populyatsiyalarining zamonaviy holati oʻrganildi. Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi  turlar va ularning populyatsiyalari, oʻsish sharoiti va tarqalish areallari, geografik oʻrni, maydoniga oid ma’lumotlarni tayyorlandi.

 

 

 

 

4

Anabasis salsa (Ledeb.) Benth. ex Volkens. Ustyurt platosida keng tarqalgan turlardan biri.

 

 

 

 

5

Allium ravenii F.O. Khass., Shomuradov & Kadyrov. Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ga kiritilgan endemik tur.

 

 

 

6

Malacocarpus crithmifolius (Retz.) C.A. Mey. Chink jarliklarining terrasa oraliqlarida uchraydigan kamyob tur.

 

 

 

 

7

Xylosalsola chiwensis (Popov) Akhani & Roalson. Kamyob, relikt turning Quruq koʻlda yangi populyatsiyalari qayd qilindi.

 

 

 

 

8

Jarliklarning paski qismida oʻsadigan Crambe edentula Fisch. & C.A. Mey. ex Korsh.

 

 

 

 

9

Saksovulli-buyurgʻunli-quyrovuqzor yaylov xilida oʻtlab yurgan jayronlar.

 

 

 

 

10

Ustyurt platosining aholi yashash manzillariga yaqin yaqin hududlarida chorva mollari faol boqiladi.

 

Botanika instituti rahbariyati “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻi ma’muriyati va xodimlariga ekspeditsiyani samarali tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatganligi hamda hamkorligi uchun minnatdorchilik bildiradi.