Botanika institutida AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va uning hamkori “Cadmus Group” ekspertlari ishtirokida biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha muhim maslahatlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv 2024-yil 17-oktabr kuni tashkil etildi va USAID ning 2025-2030 yillar davomida O‘zbekiston bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan yangi strategiyasi doirasida o‘tkazildi.
Hamkorlikning asosiy maqsadi O‘zbekistonning biologik xilma-xilligini saqlashga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va bu boradagi ijobiy natijalarga erishishdir. Ushbu strategiyaning bir qismi sifatida mamlakatdagi biologik xilma-xillikni chuqur o‘rganish rejalashtirilgan.
Institutda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda direktor o‘rinbosari F. Karimov, professor X. Shomurodov, PhD D. Maxmudjanov va PhD Turginovlar ishtirok etdilar. Ular O‘zbekistondagi o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash borasidagi ilmiy tadqiqotlar va hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Muzokaralarda biologik xilma-xillikni saqlashning ahamiyati va bu borada ilmiy ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelgusidagi rejalarga alohida e’tibor qaratildi.

“Cadmus Group” mutaxassislari James Jolli va Stella Sigel ham ushbu muhim muzokaralarda qatnashdilar. Ular O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash yo‘lidagi asosiy yo‘nalishlarni aniqlash va bu borada ilmiy hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladilar.

Bu uchrashuv Botanika institutining xalqaro hamkorlik doirasidagi yana bir muhim qadami bo‘lib, O‘zbekistonning boy biologik resurslarini asrashga qo‘shilgan muhim hissadir. Kelgusida yana ko‘plab muzokaralar va tadqiqotlar rejalashtirilgan bo‘lib, ular mamlakatning ekologik maqsadlariga erishishda muhim rol o‘ynaydi.

