2024-yilning 19-oktyabrida akademik Komiljon Tojibayev Xitoy Xalq Respublikasida oʻtkazilgan yirik xalqaro ilmiy konferensiyada ma’ruza qildi. Ushbu konferensiyada dunyoning yetakchi olimlari ishtirok etib, global iqlim oʻzgarishlari va o‘simliklar xilma-xilligini saqlash bo‘yicha zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni muhokama qilishdi.

Akademik K. Tojibayev oʻz ma’ruzasida Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston florasini inventarizatsiya qilish va raqamlashtirish borasidagi yutuqlarni taqdim etdi. U, shuningdek, Tyonshon florasidagi tadqiqotlar doirasida 30 yangi o‘simlik turini va yangi turkumni kashf etilganini qayd etdi. K. Tojibayevning bu kashfiyotlari o‘simliklar taksonomiyasi va biologik xilma-xillikni muhofaza qilishga beqiyos hissa qo‘shgan.

Konferensiyada Markaziy Osiyoda transchegaraviy ekologik konservatsiyani amalga oshirishning dolzarb muammolari va istiqbollari ham muhokama qilindi. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy va amaliy ishlar kelajakda O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari o‘rtasidagi ekologik hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini beradi.

Ushbu xalqaro tadbir davomida olingan bilim va tajribalar, shubhasiz, O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash va ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha yangi strategiyalar ishlab chiqishga asos bo‘ladi.

1 2