Joriy yilning 14–16-noyabr kunlari o‘tkazilayotgan Xalqaro Innoweek 2024 innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar haftaligida, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti o‘zining noyob ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda. Tadbirda mamlakat florasini ilmiy-tadqiq qilish va farmatsevtika sohasini rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or texnologiyalar taqdim etildi.

 

  1. Dorivor o‘simliklari autentifikatsiyasi: DNK markerlari asosidagi texnologiya

Dorivor o‘simliklarning autentifikatsiyasiga qaratilgan mazkur loyiha, O‘zbekiston tabiiy populyatsiyalaridan olingan o‘simlik turlarini DNK markerlari yordamida aniqlash uchun zamonaviy molekulyar-genetik usullarni taklif qiladi. Ushbu yondashuvning asosiy bosqichlari:

  • Umumiy DNKni ajratish;
  • Polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR);
  • Gorizontal elektroforez;
  • DNK sekvenslash.

 

4

 

Tadqiqotda ITS1-ITS2, matK, rbcL, psbA-trnH, trnL-trnF, rpl kabi molekulyar markerlar qo‘llanildi. Ushbu markerlar yordamida o‘simliklarning fenotipik jihatdan o‘xshash, ammo genetik jihatdan turlicha bo‘lgan turlari aniqlandi.
Bu loyiha farmatsevtika sanoati va xalq tabobatida keng qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar xom ashyosini autentifikatsiya qilishda muhim hissa qo‘shadi. Innovatsiya natijasida dori ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo sifatini nazorat qilish imkoniyati oshdi.

 

  1. Surxondaryo viloyati florasining tarmoq xaritalari

         Innovatsion mahsulot haqida:

Markaziy Osiyoda birinchi marta Surxondaryo viloyati florasi zamonaviy tarmoq xaritalash usuli yordamida tadqiq qilindi. Tadqiqot natijasida har birining maydoni 5x5 km bo‘lgan 884 ta kvadrat maydon asosida raqamli xarita ishlab chiqildi. Tadqiqot jarayonida:

  • Viloyatga mansub 2200 ga yaqin o‘simlik turi haqida ma’lumot to‘plandi;
  • 70 000 dan ortiq gerbariy namunalari yig‘ildi;
  • Hududning 92.8% qamrab olindi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra:

  • Boysunda (W196) o‘simliklar boyligi eng yuqori – SR=538;
  • Bobotog‘ (U214) hududida namunalarning zichligi maksimal – CD=767.

Ushbu raqamli xaritalash usuli viloyat florasini chuqur tahlil qilish, biologik xilma-xillikni saqlab qolish va ilmiy ma’lumotlarni boshqarishda katta yordam beradi.

 

2

 

         Innoweek 2024 ko‘rgazmasi O‘zbekiston ilm-fanlari uchun muhim platforma bo‘lib, unda Botanika institutining innovatsion ishlanmalari katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ushbu yutuqlar ekologik barqarorlik, farmatsevtika rivoji va biologik xilma-xillikni saqlash strategiyalariga yangi imkoniyatlar yaratadi.

        

Botanika instituti izlanishlari mamlakatimiz ilm-fani rivojida muhim o‘rin tutmoqda!