Botanika institutining navbatdagi Ilmiy kengashida laboratoriyalarning davlat dasturlari doirasida amalga oshirilgan yillik va 5 yillik ilmiy natijalar yuzasidan hisobot taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida laboratoriya mudirlari laboratoriyada bajarilgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari bo‘yicha ma’ruzalar qilishdi, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Laboratoriyalar taqdimotlari
- O‘zbekiston florasi laboratoriyasi
Ilmiy mavzu: “Janubi–G‘arbiy Hisor, Hisor–Darvoz va Panj oldi okruglari florasining to‘r tizimli xaritalash (Surxondaryo viloyati qismi)”.


Ushbu mavzuda mintaqa florasining batafsil xaritalarini yaratish, o‘simlik turlarining tarqalish hududlarini o‘rganish va ularning ekologik sharoitlarini baholash ishlari amalga oshirildi.
- Geobotanika laboratoriyasi
- Ilmiy mavzu: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘simliklar qoplami va yaylov resurslarining zamonaviy holatini baholash“.


Tadqiqot hududlarining o‘simliklar qoplami va yaylov resurslarining zamonaviy holati baholandi, yaylov xaritalari yaratildi, kadastri ishlab chiqildi.
- Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi
- Ilmiy mavzular:
- “Hayot daraxti: O‘zbekiston bir urug‘pallalilari”
- “O‘zbekiston Respublikasida tarqalgan endem o‘simlik turlarining DNK barkodi va bankini yaratish”
- “O‘zbekiston florasida tarqalgan turkumlarning genetik xilma-xilligi va morfologik evolyutsiyasini o‘rganishda molekulyar yondashuvlardan foydalanish”.
- Ilmiy mavzular:

Ushbu tadqiqotlar orqali O‘zbekiston florasidagi o‘simliklarning genetik xilma-xilligi va molekulyar evolyutsiyasi bo‘yicha muhim ma’lumotlar olindi.
- Mikologiya va algologiya laboratoriyasi
- Ilmiy mavzu: “Iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘simliklar eksportbop meva, sabzavot va poliz ekinlarida kasallik qo‘zg‘atuvchi patogen zamburug‘lar: xilma-xilligi, monitoringi hamda elektron ma’lumotlar bazasini yaratish (Namangan va Buxoro viloyatlari misolida)”.


Tadqiqot natijalari mamlakat agrar sektori uchun dolzarb bo‘lgan kasalliklarni aniqlash va ularga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
- Kamyob o‘simlik turlari kadasti va monitoringi laboratoriyasi
- Ilmiy mavzu: “Sirdaryo viloyati florasining kadastri”.


Dastur bajarilishi davomida Sirdaryo viloyati hududidagi noyob o‘simlik turlarini kadastrlashtirish va monitoringini yo‘lga qo’yildi.
- O‘simliklar populyatsion biologiyasi va ekologiyasi laboratoriyasi
- Ilmiy mavzu: “Madaniy o‘simliklarning O‘zbekiston florasidagi alohida xo‘jalik ahamiyatiga ega yovvoyi ajdodlari populyasiyalarining zamonaviy holatini baholash va tirik kolleksiyasini yaratish”.


Yovvoyi o‘simlik populyatsiyalarini asrash va ularning genetik resurslarini saqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
- Biotexnologiya laboratoriyasi
- Ilmiy mavzu: “Botanika bog‘i kolleksiyasining qimmatli namunalarini in vitro kulturaga barqaror ko‘paytirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish”.


Kolleksiya namunalari in vitro sharoitida muvaffaqiyatli ko‘paytirilib, genetik resurslarni saqlashga hissa qo‘shildi.
- Dendrologiya laboratoriyasi
- Ilmiy mavzu: “Dendrologiya laboratoriyasi ekspozitsiyalaridagi daraxt va butalarning raqamli bazasini shakllantirish, yangi turdagi daraxt va butalarni introduksiya qilish”.


Ekspozitsiyalarni raqamlashtirish va yangi daraxt turlarini kiritish ishlari amalga oshirildi.
- Dorivor o‘simliklar introduksiyasi laboratoriyasi
- Ilmiy mavzu: “Dorivor o‘simliklar introduksiyasi: kolleksiyani to‘ldirish, saqlash va iqtisodiy qiymatga ega o‘simliklar genetik bankini yaratish”.


Ushbu dasturda dorivor o‘simliklarning xilma-xilligini saqlash va ularni iqtisodiy jihatdan samarali foydalanishga yo‘naltirish maqsad qilingan.

Mazkur taqdimotlar davomida laboratoriyalar tomonidan erishilgan natijalar keng muhokama qilindi va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha kelgusi rejalarga oid takliflar bildirildi. Ushbu hisobotlar Botanika institutining ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasini yana bir bor namoyon etdi.

