O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Namangan davlat universiteti hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi. Mazkur seminar Namangan davlat universiteti majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Qizil kitobning navbatdagi nashrini tayyorlash jarayonida xalqaro tajribalar, jumladan, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) tamoyillarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Botanika instituti direktori akademik K.Sh. Tojibayev, professor X.F.Shomurodov, b.f.d. F.I. Karimov, PhD B.Sh. Habibullayevlar O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining navbatdagi nashrini tayyorlash bo’yicha respublikamizda va institutda bajarilayotgan ishlar bo’yicha o’z fikrlarini bildirishdi.

 

 

1

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi yo‘qolib borayotgan kamyob o‘simlik va hayvon turlarini xatlovdan o‘tkazish, monitoring qilish, kadastrini yuritish va muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar berilishida asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-son Qaroriga muvofiq Qizil kitobni nashr etishni tashkil qilish va yuritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, uni nashr etishga tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vakolatli davlat tashkilotlari hisoblanadi. Qizil kitobga hayvonot va o‘simlik olami turlarini kiritish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.

Birinchi marta Qizil kitobning yangi nashrini tayyorlashda dunyo ekologik siyosatida muhim o‘rin tutadigan Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (IUCN) tamoyillari  asos qilib olinmoqda. Biologik xilma-xillikni mohofaza qilishda xalqaro standartni joriy qilish orqali nafaqat O‘zbekiston balki Markaziy Osiyo mintaqasida biologik xilma-xillikni saqlashning transchegaraviy strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyatlari yaratiladi. Xalqaro standartlar muhofaza qilinadigan hududlarni tashkil etish, yo‘qolib borayotgan turlarni asrash va tabiiy resurslardan barqaror foydalanishni ta’minlashda asosiy me’zon sifatida qabul qilinadi.

Seminar kun tartibidan asosiy ma’ruzachilar:

2

X.F. Shomurodov – O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi: qisqacha tarixi va hozirgi holati.

3

4

5

6

7

8

 

9

A.R. Batoshov – Farg‘ona vodiysida muhofazaga olingan turlar va ularning zamonaviy holati.

10

B.Sh. Habibullayev – IUCN – Biologik xilma-xillik va tabiiy resurslarni muhofaza qilishning xalqaro standarti.

11

12

13

Seminarda soha mutaxassislari, ekologiya va botanika yo‘nalishidagi olimlar va tashkilot vakillari ishtirok etdi. Tadbir yakunida Qizil kitobni nashr etish va muhofazaga oid muhim ilmiy takliflar ishlab chiqildi.

Bu kabi ilmiy tadbirlar O‘zbekistonning biologik xilma-xilligini saqlash hamda barqaror rivojlanishni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarning muhim qismidir.