O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining O‘zbekiston florasi laboratoriyasi xodimlari Davlat dasturida belgilangan vazifalar doirasida oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Qarshi davlat universitetida ilmiy seminar tashkil etdilar. Seminar mavzusi: “O‘zbekiston florasini o‘rganish yangi bosqichda”.

1

“O‘zbekiston florasi” laboratoriyasi mudiri DSc Turginov O.T.

 

Qarshi davlat universitetining Tabiiy fanlar fakultetida bo‘lgan ushbu ilmiy-amaliy seminar qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda tashkil etildi. O‘zbekiston florasini o‘rganishda qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar va laboratoriyada olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘quv yurtlari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Botanika institutida amalga oshirilayotgan Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan PRIM 01-73 “Fanlar akademiyasi Botanika institutini modernizatsiya qilish” nomli loyihasi doirasida yaratilgan “Oʻrta Osiyo oʻsimliklarini toʻr tizimli xaritalash” platformasidan  “www.gmoca.org” foydalanish, uning afzalliklari va ushbu platformadan kelajakda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisida taqdimot shaklida  batafsil maʼlumot berildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston florasining dolzarb masalalari hamda ilmiy izlanishlarning istiqbollari haqida bakalavr, magistratura bosqichi talabalariga va tadqiqotchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

 

 

3

Seminarda qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga Botanika instituti mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob olishdi.

 

 

4

Ushbu seminar O‘zbekiston florasini o‘rganish va uni muhofaza qilish bo‘yicha yangi bilimlar almashinuvi, shuningdek, yosh olimlar va talabalar uchun amaliy tajriba olish imkoniyatini yaratdi. Oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yosh olimlarning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish va ularning fundamental tadqiqotlarga qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

Botanika instituti va Qarshi davlat universiteti o‘rtasida florani o‘rganish bo‘yicha qo‘shma loyihalar, ilmiy ishlanmalar va amaliy tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

5

6