2025-yilning birinchi yarmi yakunlariga bag‘ishlab, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida “Raqamli tabiat” dasturi bo‘yicha Geobotanika, O‘zbekiston florasi, Molekulyar filogeniya va biogeografiya, Ekstremofil o‘simliklar va fitoremediatsiya, O‘simliklar muhofazasi va ekologiyasi va O‘simliklar tabiiy resurslari va populyatsion biologiya laboratoriyalarning 6 oylik faoliyati yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda laboratoriya mudirlari tomonidan dastur doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijalari taqdim etildi va keng muhokama qilindi.






Shuningdek, institutida faoliyat olib borayotgan izlanuvchilarining yarim yillik hisoboti ham monitoring qilindi.

