O‘simliklar muhofazasi va ekologiyasi laboratoriyasining “Raqamli tabiat” davlat dasturi doirasida “Markaziy O‘zbekiston tabiiy ekotizimlarining ko‘pbirlikli klassifikatsiyasini ishlab chiqish hamda kamyob o‘simliklar kadastri va monitoringini yuritish” mavzusidagi dastur bo‘yicha rejalashtirilgan dala tadqiqotlari.
Joriy yilning 8-12-iyun kunlari O‘simliklar muhofazasi va ekologiyasi laboratoriya ilmiy xodimlari PhD B.Sh. Habibullayev, b.f.d., professor X.F. Shomurodov, b.f.n. N.Yu. Beshko, PhD Z.Z. Qosimov va k.i.x. Q.O. Fayziyevlar Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida xizmat safarida bo‘ldilar.

Xizmat safari doirasida quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi:
- Nurota tizmasining Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlariga tutash hududlarida tabiiy ekotizimlarni kompleks o‘rganish, ularning floristik, strukturaviy va funksional xususiyatlarini aniqlash hamda xalqaro yondashuvlar asosida ko‘pbirlikli klassifikatsiyasini ishlab chiqish.
- Tadqiq etilayotgan hudud ekotizimlarining zamonaviy tavsifini (ocherkini) yaratish, ularning ekologik holati, barqarorlik darajasi va transformatsiya jarayonlarini baholash hamda noyob va xavf ostidagi ekotizimlarni IUCN mezonlari asosida tizimli ravishda tahlil qilish.
- Kamyob va muhofazaga muhtoj o‘simlik turlari hamda o‘simlik jamoalarining monitoringini tashkil etish, ularning populyatsion holati, tarqalish dinamikasi va antropogen omillar ta’sirini aniqlash orqali zamonaviy holatini baholash.
- Kamyob va muhofazaga muhtoj o‘simlik turlarining davlat kadastrini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qarori talablari asosida yuritish, ular bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda areali, soni va ekologik holatiga oid ma’lumotlarni tizimli ravishda yangilab borish.

Amalda bajarilgan vazifalar:
1.Nurota tizmasining Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlariga tutash hududlarida tabiiy ekotizimlar kompleks o‘rganildi. Ularning floristik tarkibi, strukturaviy va funksional xususiyatlari aniqlanib, xalqaro yondashuvlar asosida ko‘pbirlikli klassifikatsiyasi ishlab chiqildi.
2.Tadqiq etilayotgan hudud ekotizimlarining zamonaviy tavsifi (ocherki) yaratildi. Ularning ekologik holati, barqarorlik darajasi va transformatsiya jarayonlari baholanib, noyob va xavf ostidagi ekotizimlar IUCN mezonlari asosida tizimli tahlil qilindi.
3.Kamyob va muhofazaga muhtoj o‘simlik turlari hamda o‘simlik jamoalarining monitoringi tashkil etildi. Ularning populyatsion holati, tarqalish dinamikasi va antropogen omillar ta’siri o‘rganilib, zamonaviy holati baholandi.
4.Kamyob va muhofazaga muhtoj o‘simlik turlarining davlat kadastri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 914-son qarori talablari asosida yuritildi. Turlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, areali, soni va ekologik holatiga oid ma’lumotlar muntazam yangilanib borildi.


