O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti O‘simliklar tabiiy resurslari kadastri va populatsion biologiyasi laboratoriyasi ilmiy xodimi R.N. Safarov tomonidan 2026-yil 26-iyun – 5-iyul kunlari Navoiy viloyatida ilmiy xizmat safari amalga oshirildi.

Mazkur xizmat safari “Markaziy O‘zbekistonning resursbop turlarini zamonaviy holatini o‘rganish hamda istiqbolli turlarining intensiv texnologiyalariga asoslangan plantatsiyalarini yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi.

Dala tadqiqotlari davomida Peganum harmala L., Elaeagnus angustifolia L. va Alhagi pseudalhagi (M.Bieb.) Desv. ex B.Keller & Shap. turlarining tarqalish areallari, o‘simliklar jamoalaridagi o‘rni hamda tabiiy populyatsiyalarining hozirgi holati o‘rganildi.

Shuningdek, ushbu turlarning yer yuzasini qoplash darajasi, biomassa hosildorligi, quritilgandan keyingi xomashyo chiqimi va morfologik rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilindi.

Tadqiqot davomida dorivor va xo‘jalik ahamiyatiga ega o‘simlik populyatsiyalarining GPS koordinatalari aniqlandi hamda o‘simliklar dunyosi davlat kadastrini raqamlashtirish maqsadida QGIS, Google Earth va boshqa geoinformatsion platformalar uchun zarur bo‘lgan xaritalash ma’lumotlari yig‘ildi.

Bundan tashqari, o‘rganilgan hududlarda turlarning biologik va ekspluatatsion zaxiralari baholanib, yillik xomashyo tayyorlash hajmlari ilmiy asoslandi hamda ulardan barqaror foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.

2

Alhagi pseudalhagi turining tabiiy populyatsiyasi.

3

Alhagi pseudalhagi biomassa namunalarini dala sharoitida tortish jarayoni.

4

Peganum harmala populyatsiyasida fenologik va morfologik kuzatuvlar olib borilishi.

5

Peganum harmala biomassa hosildorligini aniqlash ishlari.

6

Elaeagnus angustifolia barg va shoxlarining tabiiy holati.

7

Elaeagnus angustifolia ning tabiiy o‘sish maydoni.