O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida Institut Ilmiy kengashining 7-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri sifatida “Raqamli tabiat” davlat dasturi doirasida 2026-yilning yanvar–iyun oylarida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari va ularning samaradorligi muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida institutning ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari F. I. Karimov tomonidan laboratoriyalarida davlat byudjeti doirasida bajarilayotgan ilmiy dasturlarning 2026-yil I yarim yillik yakunlari tahlil qilinib, “Raqamli tabiat” davlat dasturi doirasida olib borilgan dala tadqiqotlari, bajarilgan ishlar, yo`l qoyilayotgan kamchiliklar haqida ma`lumot taqdim etdi. Shu bilan birga, olti oy davomida chop etilgan ilmiy ishlar haqida ham ma`lumot berib o`tildi.

Muhokamalar davomida bajarilgan ishlarning samaradorligi baholanib, yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar, ilmiy tadqiqotlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar belgilandi.

Shuningdek, kun tartibidagi ikkinchi masala sifatida institutda amalga oshirilayotgan fundamental loyiha — “Ranunculus L. turkumining turli landshaftlardagi molekulyar taksonomiyasi va evolyutsiyasi” (Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa misolida) bo‘yicha ishchi dasturlar hamda ilmiy xodimlarning 2026-yilga mo‘ljallangan kalendar ish rejalari ko‘rib chiqildi va Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlandi. Ushbu loyiha O‘zbekiston–Belarus qo‘shma ilmiy hamkorligi doirasida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, katta ilmiy xodim K.B. Aliyevaning “Osiyo florasini shakllanishida Triticeae bo‘g‘inining tutgan o‘rni” mavzusida Koreya Respublikasidagi Sejong universitetida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tash masalasi ham muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida ilmiy dasturlar ijrosini belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish, “Raqamli tabiat” davlat dasturi doirasidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish hamda fundamental loyihalar bo‘yicha belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

