O‘simliklar muhofazasi va ekologiyasi laboratoriyasining F-FА-2021-450-sonli “Gidroiqlim sharoitlarining global o‘zgarishi va antropogen transformatsiya fonida O‘zbekiston to‘qay oʼsimliklar qoplamining shakllanish tarixi va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari” mavzusidagi loyiha bo‘yicha dala tadqiqotlari

Joriy yilning 14-17-iyul kunlari O‘simliklar muhofazasi va ekologiyasi laboratoriya ilmiy xodimlari PhD B.Sh. Habibullayev, b.f.n. N.Yu. Beshko, PhD Z.Z. Qosimov hamda  kichik ilmiy xodim J.A. Isomovlar Jizzax, Navoiy va Samarqand viloyatlarida xizmat safarida bo‘ldilar.

Xizmat safari doirasida quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi:

  1. Zarfshon daryosi va Aydar–Arnasoy ko‘llar tizimi hududida tadqiqot maydonlarining geografik va ekologik chegaralarini aniqlash, to‘qay va yarim-to‘qay ekotizimlarining fazoviy tarqalish xususiyatlarini o‘rganish hamda ularning landshaft darajasidagi tuzilishini tahlil qilish.
  2. Hududdagi to‘qay ekotizimlariga gidrologik rejim o‘zgarishlari va antropogen omillarning ta’sirini kompleks baholash, vaqt bo‘yicha solishtirma tahlil asosida ularning zamonaviy holati, transformatsiya jarayonlari va rivojlanish tendensiyalarini aniqlash.
  3. To‘qay va yarim-to‘qay o‘simlik jamoalarining fitosenotik xilma-xilligini o‘rganish, reprezentativ assotsiatsiyalar strukturasi va tarkibini detallashtirish, ularni ilgari tavsiflangan sintaksonlar bilan solishtirish hamda sintaksonomik mansubligini aniqlashtirish.
  4. Kamyob va muhofazaga muhtoj o‘simlik turlarining davlat kadastrini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qarori talablari asosida yuritish, ular bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda areali, soni va ekologik holatiga oid ma’lumotlarni tizimli ravishda yangilab borish.

2

Amalda bajarilgan vazifalar:

  1. Zarafshon daryosi va Aydar–Arnasoy ko‘llar tizimi hududida tadqiqot maydonlari bo‘yicha dala kuzatuvlari olib borilib, to‘qay va yarim-to‘qay ekotizimlarining geografik joylashuvi, ekologik chegaralari hamda fazoviy tarqalish xususiyatlari aniqlashtirildi. Hudud landshaft tuzilmasining asosiy komponentlari joyida o‘rganildi.
  2. Hududdagi to‘qay ekotizimlarining zamonaviy holati dala kuzatuvlari asosida baholanib, gidrologik rejimdagi o‘zgarishlar hamda antropogen omillarning o‘simlik qoplami va ekotizim holatiga ta’siri tahlil qilindi. Transformatsiya jarayonlari va degradatsiya belgilari qayd etildi.
  3. To‘qay va yarim-to‘qay o‘simlik jamoalarining fitosenotik tarkibi o‘rganilib, asosiy o‘simlik assotsiatsiyalari ajratildi, ularning floristik tarkibi va strukturaviy xususiyatlari tavsiflandi hamda mavjud sintaksonomik ma’lumotlar bilan qiyosiy tahlil amalga oshirildi.
  4. Kamyob va muhofazaga muhtoj o‘simlik turlari bo‘yicha dala ma’lumotlari yig‘ilib, ularning tarqalish hududi, populyatsion holati va ekologik xususiyatlariga oid ma’lumotlar aniqlashtirildi hamda davlat kadastri ma’lumotlar bazasini to‘ldirish uchun tegishli materiallar shakllantirildi.

3