O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti 1-kurs tayanch doktoranti Sultamuratov Azamat, Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli Yevroosiyo o‘tloqlar konferensiyasi (Eurasian Grassland Conference – EGC 2026) hamda unga aloqador maxsus dala o‘quv-amaliyotida (Field Workshop) muvaffaqiyatli ishtirok etdi.


Ushbu xalqaro tadbir davomida u geobotanika, o‘simliklar jamoasini xalqaro standartlar asosida tasniflash (sintaksonomiya va fitotsenologiya), shuningdek, ekologik ma’lumotlarni tahlil qilishning ilg’or usullari bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rgandi va sohaning yetakchi mutaxassislari bilan tajriba almashdi.

Konferensiya doirasida Azamat o‘zining doktorlik tadqiqotlariga qaratilgan, ya’ni Orol dengizining qurigan tubidagi o’simliklar qoplamining shakllanishiga bag‘ishlangan “Vegetation assembly on the dried Aral Sea bed follows multiple pathways rather than a single successional route“ nomli poster ma’ruzasi bilan qatnashib, xalqaro olimlar jamoasida katta qiziqish uyg’otdi.

Bu xalqaro tajriba va o’zlashtirilgan zamonaviy yondashuvlar kelgusida Orolqum florasini tadqiq qilish hamda uning natijalarini jahon ilm-faniga taqdim etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

