2026-yil 16–22-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Namangan filiali katta ilmiy xodimi X.R. Xoshimov hamda Botanika instituti ilmiy xodimlari O.A. Anvarova, Q.O. Fayziyev, Sh.Sh. Qilichev va A.N. Mirzambetovlar Tojikiston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi tomonidan Dushanbe shahrida tashkil etilgan «Kondara» Varzob tog‘-botanika stansiyasi (VGBS) bazasida bioxilma-xillikni o‘rganish bo‘yicha xalqaro seminarda ishtirok etdilar.

Mazkur xalqaro seminarda Rossiya Federatsiyasi, Belarussiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 30 nafardan ortiq mutaxassis, yetakchi olimlar bilan bir qatorda yosh tadqiqotchilar ham faol ishtirok etib, o‘zaro ilmiy tajriba va fikr almashdilar.

Seminar davomida ishtirokchilarga OʻzR FA Botanika institutining ilmiy faoliyati hamda laboratoriyalarning asosiy yoʻnalishlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi hamda esdalik sovg’alari topshirildi.

2 3

Seminar davomida O‘zbekistonlik tadqiqotchilar tomonidan biologik xilma-xillik, flora va ekotizimlarni o‘rganish hamda muhofaza qilishga oid dolzarb ilmiy yo‘nalishlarda ma’ruzalar taqdim etildi. Xususan, X.R. Xoshimov tomonidan “IPA-территории Ферганской долины: оценка редких видов на основе критериев IUCN”, Q.O. Fayziyev tomonidan “The First Ecosystem Classification in Central Asia Based on the IUCN Habitat Classification Scheme”, O.A. Anvarova tomonidan “Analysis of the Flora of the Middle Zeravshan Botanical-Geographical Region”, Sh.Sh. Qilichev tomonidan “Integrated Identification and Monitoring of Extreme Ecosystems in Central Asia: A Case Study of the Kyzylkum Desert” hamda A.N. Mirzambetov tomonidan “Species-specific Relationships Between Local Cover and Environmental Gradients in Five Central Asian Ferula Species” mavzularida ilmiy ma’ruzalar qilindi. Mazkur ma’ruzalarda Markaziy Osiyo hududlarining biologik xilma-xilligini baholash, noyob o‘simlik turlarini muhofaza qilish, ekotizimlarni tasniflash, flora tarkibini tahlil qilish hamda ekstremal ekotizimlarni aniqlash va monitoring qilish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalari yoritildi. Seminar yakunida ishtirokchilarga tadbirdagi faol ishtiroki va ilmiy ma’ruzalari uchun tegishli sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, seminar doirasida xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, kelgusida qo‘shma grant loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish istiqbollari yuzasidan davra suhbatlari hamda ilmiy-amaliy uchrashuvlar tashkil etildi. Ishtirokchilar tomonidan Tojikiston hududida joylashgan qator botanika stansiyalariga, jumladan, Varzob tog‘-botanika “Kondara” stansiyasiga dala ekspeditsiyalari va ilmiy ekskursiyalar uyushtirilib, ushbu hududlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot hamda amaliy faoliyat bilan yaqindan tanishildi.

4

5