OʻzR FA Botanika instituti Geobotanika laboratoriyasi “Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻsimliklar qoplami va yaylov resurslarining zamonaviy holatini baholash” mavzusidagi dasturi va shu bilan bir vaqtda, Oʻzbekiston botaniklari jamiyati tomonidan bajarilayotgan “Orol dengizining qurigan tubi oʻsimlik qoplamini chuqur tadqiq etish asosida hudud florasining zamonaviy roʻyxatini shakllantirish, raqamli ma’lumotlar bazasi va genofond kolleksiyalarini yaratish” loyihasida belgilab qoʻyilgan rejadagi tadqiqotlarni amalga oshirish uchun Qoraqalpogʻiston ustyurtining sharqiy chinki va Orol dengizining qurigan tubi hududlariga hamkorlikdagi qoʻshma dala safarini amalga oshirdi.
Ekspeditsiya marshruti
Dala tadqiqotlari davomida Sharqiy chinkning kalit hududlarda 51 ta, Orol dengizining qurigan tubi hududlarida 26 ta geobotanik qaydnomalar toʻldirildi. Tadqiqot hududining floristik va fitosenotik xilma-xilligi oʻrganildi, yaylov xillarining kuzgi yer usti hosildorligi aniqlandi. Sharqiy chinkdagi yaylov xillarining joylashgan joyi, suv bilan ta’minlangani, tuproq qatlami xususiyati, loyiha boʻyicha qoplanish darajalari, oʻsimliklarning landshaft turlari, ularning joylashuvi, zichligi, zaharli va begona oʻsimliklarning mavjudligi, ozuqa massasining hosildorligi, yaylovlarning payhonlanish darajasi kabi ma’lumotlar asosida birlamchi dala-kadastr ma’lumotlari toʻplandi.
“Moʻynoq” tajriba uchastkasidagi maydonga kolleksiya qilish uchun Fritillaria karelini turidan piyozi va urugʻi, Astragalus amarus urugʻlari yigʻilib tajriba maydoniga ekildi. Lazereva, Konstantin, Vojrojdeniya orollaridagi oʻsimliklar qoplami boʻyicha ma’lumotlar toʻplandi, noyob oʻsimlik jamoalar aniqlandi, geobotanik qaydnomalar toʻldirildi. Orol dengizi qurigan tubini toʻr tizimli xaritalash uchun gerbariy materiallari yigʻildi.

Sharqiy chink terassalari va orol dengizining qurigan tubi hududlari.

Quyrovuqli-shuvoqzor yaylov xilida kuzgi hosildorlikni aniqlash uchun dala ishlari amalga oshirilmoqda. Sharqiy chink.

Kuz mavsumida choʻl oʻsimliklarida gul va mevalarning hosil boʻlishi mavsumiy hosildorlikni oshiradi. Sharqiy chink.

Kovrakli-shuvoqzor yaylov xilidan kuzgi biomassa olinmoqda. Sharqiy chink.

Transekt ichida oʻsimlik tuplari hisoblanmoqda, boʻyi oʻlchanmoqda. Sharqiy chink.

Sarsazanli-qamishli-yulgʻunzor yaylov xili yer osti suvlari yaqin hududlar boʻylab keng tarqalgan. Sharqiy chink.

Qamish hosildorligini aniqlash. Sharqiy chink yaylovlari.

Suksessiya jarayoni, shoʻrxokliklar oʻrniga asta-sekin oʻsimliklar kirib kelyapti. Sharqiy chink.

“Moʻynoq” tajriba uchastkasida Fritillaria karelini, Astragalus amarus, Tulipa sogdiana, Eremosparton aphyllum kolleksiya uchun ekildi.

Eremosportonli-qandimzor. Orol dengizining qurigan tubi.

Sarsazanli-saksovulzor. Orol dengizining qurigan tubi.

Ekspeditsiya a’zolari. Sharqiy chink.

Ekspeditsiya lageri. Sharqiy chink.


